O‘zbekiston | 10:45 / 21.04.2020
10200
4 daqiqa o‘qiladi

IIV karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq holatlar haqida ma'lumot berdi

Karantin qoidalari va sanitariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda

Foto: IIV axborot xizmati

Karantin tadbirlari e'lon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar respublika bo‘yicha karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami – 86 411 ta holat aniqlangan. 

Ichki ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, ular:

  • Toshkent shahrida – 15 900 ta holat; 
  • Farg‘ona viloyatida – 13 847 ta holat;
  • Toshkent viloyatida – 12 845 ta holat;
  • Samarqand viloyatida – 7 526 ta holat;
  • Sirdaryo viloyatida – 5 818 ta holat;
  • Qashqadaryo viloyatida – 5 488 ta holat;
  • Andijon viloyatida – 4 914 ta holat;
  • Namangan viloyatida – 4 780 ta holat;
  • Buxoro viloyatida – 3 391 ta holat; 
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 3 137 ta holat;
  • Xorazm viloyatida – 2 779 ta holat;
  • Surxondaryo viloyatida – 2 615 ta holat;
  • Jizzax viloyatida – 2 589 ta holat;
  • Navoiy viloyatida – 782 ta holatni tashkil etmoqda.

Karantin qoidalari va sanitariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda.

20 aprel kuni Toshkent viloyati, Qibray tumani, “Alisherobod” mahallasida yashovchi 1982 y.t. Rustam R., Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani, “Yangiobod” mahallasi, Yulduz ko‘chasida yashovchi 1981 y.t. Qudrat X., “Do‘stlik” mahallasi, Toshkent ko‘chasida yashovchi 1994 y.t. Bekzod Sh., Samarqand viloyati, Ishtixon tumani, “Ko‘ktepa” mahallasida yashovchi 1987 y.t. Oybek U., Buxoro viloyati, Shofirkon tumani, “Savrak” mahallasi, Buxoro ko‘chasida yashovchi 1984 y.t. Erkin S., Romitan tumani, “Mirishkor” mahallasida yashovchi 1992 y.t. Fatxulla F., Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Amudaryo tumani, Tinchlik ko‘chasida yashovchi 1969 y.t. G‘ayrat Sh., Beruniy tumani, “Xorazm” mahallasida yashovchi 1989 y.t. Baxtiyor A.lar jamoat joyida tibbiy niqobsiz yurganliklari aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi bilan ma'muriy javobgarlikka tortilganlar.

20 aprel kuni Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, “Abay” mahallasida yashovchi 1990 y.t. Yergali R., Samarqand viloyati, Past Darg‘om tumani, Juma shaharchasi, A.Buxoriy ko‘chasida yashovchi 1979 y.t. Sherali X.lar ruxsatnomasiz o‘z transportida bemaqsad yurganliklari aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortilib, avtomashinalari jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

20 aprel kuni Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Ildam ko‘chasida yashovchi 1977 y.t. Nodir P., M.Ulug‘bek tumani, Sh.Burxonov ko‘chasida yashovchi 1962 y.t. Farhod P., Jizzax viloyati, Arnasoy tumani, “G‘oliblar” qishlog‘i, Toshkent ko‘chasida yashovchi 1988 y.t. Sherzod A., “G‘.G‘ulom” mahallasi, A.Temur ko‘chasida yashovchi 1993 y.t. Rustam S.lar o‘z velosipedida bemaqsad yurganligi aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortilib, velosipedlari jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Mavzuga oid