Jahon | 21:05 / 21.04.2020
10200
2 daqiqa o‘qiladi

JSST Belarusga karantin kiritishni tavsiya qildi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Belarusga koronavirus tarqalishiga qarshi kurash uchun karantin yoki komendantlik soati kiritishgacha bo‘lgan qat'iy choralar ko‘rishni tavsiya qildi.

Foto: Reuters

Bu haqda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ma'lum qildi.  

JSST missiyasi Belarusda 8-11 aprelda koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni baholash uchun ishlagan. Mutaxassislarni taklif qilishga Lukashenkoning o‘zi qaror qilgan. Missiya respublikaga koronavirus pandemiyasi sharoitida ijtimoiy masofalashuv bo‘yicha choralarni kuchaytirishni, sport va boshqa ommaviy tadbirlarni bekor qilishni va maktablar hamda oliy ta'lim muassasalarini onlayn-ta'limga o‘tkazishni tavsiya qilgan.

“Ular [JSST mutaxassislari] bizni xush ko‘rmaydilar. Bu har doim yetarlicha siyosatga ega bo‘lgan xalqaro tashkilotdir. Ular hamma yerni ko‘zdan kechirdilar. Ular karantin va hattoki, komendantlik soati kiritishgacha bo‘lgan ko‘p narsalarni maslahat berishdi. Mutaxassislar sifatida ular “hukumat aldamayapti” deb aytmoqdalar”, deb ta'kidlab o‘tgan Lukashenko oblastlardan biriga tashrifi vaqtida.

Ayni vaqtda Belarusda epidemiyaga qarshi tadbirlar o‘tkazilmoqda, biroq hukumat karantin joriy qilinmagan. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, respublikada koronavirusga chalinganlar soni 6264 nafarni, undan vafot etganlar soni 51 nafarni tashkil qilmoqda.

Mavzuga oid