O‘zbekiston | 16:05 / 22.04.2020
3572
3 daqiqa o‘qiladi

1 yanvargacha harbiy hisob hujjatlari raqamlashtiriladi

2021 yil 1 yanvarga qadar harbiy hisob hujjatlarini avtomatlashtirish maqsadida kartoteka ma'lumotlarini jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamiga bog‘lagan holda raqamlashtiriladi.

«Doimiy propiska qilish hamda turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonga ko‘ra, «Manzil» tizimining «yagona darcha» tamoyili asosida to‘liq ishlashini ta'minlash maqsadida Mudofaa vazirligiga quyidagilar yuklatilgan:

– 2020 yil 1 avgustga qadar O‘zbekiston fuqarolarini onlayn tarzda harbiy hisobga olish va hisobdan chiqarish tizimini joriy qilish;

2021 yil 1 yanvarga qadar harbiy hisob hujjatlarini avtomatlashtirish maqsadida kartoteka ma'lumotlarini jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamiga bog‘lagan holda raqamlashtirish.

«Avtomatlashtirilgan axborot tizimi va ma'lumotlar bazasi» avtomatlashtirilgan axborot tizimini Ichki ishlar vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi bilan birgalikda «Manzil» va «Xorijga chiqish pasporti» axborot tizimlari bilan integratsiya qilinadi.

Farmonga muvofiq, Mudofaa vazirligi harbiy hisob hujjatlarini, harbiy xizmatga majbur fuqarolar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni hududiy mudofaa ishlari bo‘limlariga real vaqt rejimida elektron tizim orqali yuborish uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi ma'lumotlar bazasi bilan idoralararo elektron hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi belgilangan.

Hujjatda qayd etilishicha, Adliya vazirligi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda 2020 yil 1 avgustga qadar «Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarining yagona elektron arxivi» axborot tizimini «Manzil» tizimiga integratsiya qiladi.

Bir qator davlat organlariga turli hujjatlarning elektron bazasini yaratish va ularni «Manzil» tizimiga integratsiya qilish vazifasi yuklatilgan. Jumladan:

– Xalq ta'limi vazirligi 2020 yil 1 sentyabrga qadar voyaga yetmaganlarni tug‘ilganlik haqida guvohnomasi ma'lumotlariga hamda voyaga yetganlarni jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamiga bog‘lagan holda vasiylik va homiylikni tasdiqlovchi hujjatlarning elektron bazasini yaratadi va uni Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda «Manzil» tizimiga integratsiya qiladi;

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksini Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda «Manzil» tizimiga integratsiya qiladi;

 Davlat soliq qo‘mitasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda hisobga olingan ijara shartnomalari bo‘yicha ijarachi va uy egasining jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami hamda ko‘chmas mulkning kadastr raqami to‘g‘risidagi ma'lumotlarni taqdim etish maqsadida «Soliq» axborot tizimlari kompleksini «Manzil» tizimiga integratsiya qiladi.

Жамшид Ниёзов
Tayyorlagan Жамшид Ниёзов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid