Jahon | 22:03 / 22.04.2020
2162
1 daqiqa o‘qiladi

Gretsiyada turistlar uchun «salomatlik pasporti» joriy etish taklif qilinmoqda

Gretsiyada xorijlik turistlar uchun "salomatlik pasporti" joriy etish taklif qilinmoqda, deb xabar bermoqda Greek City Times.

Xabarda aytilishicha, turizm vaziri Xaris Teoxaris ana shunday fikr bildirgan.

Teoxarisning so‘zlariga ko‘ra, YeIda sayohat qilishni istagan har bir yevropalik koronavirusga testdan o‘tishi borasida maslahatlashuvlar o‘tkazilmoqda. 

Vazir turistlar Gretsiyaga kelishdan oldin testdan o‘tkazilishi kerakligini aytdi.

Uning aytishicha, Gretsiyada turistik mavsum iyul, avgust va sentabr oylarida davom etishini qo‘shimcha qildi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid