Alisher Shodmonov: «Tizimni moliyalashtirish har qachongidan ko‘ra erkin»
Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovning ma'lum qilishicha, koronavirus tarqalishiga qarshi kurash uchun sog‘liqni saqlash tizimiga 5,4 trln so‘m mablag‘ ajratilgan.
«Biz hech qachon moliyalashtirish bo‘yicha hozirgidek erkin ishlamagan edik. Sog‘liqni saqlash tizimiga 5,4 trln so‘m mablag‘ ajratildi, bundan 3,9 trln so‘mi budjet hisobidan, 1,2 trln «Inqirozga qarshi kurash» jamg‘armasi hisobidan bo‘ldi. Xalqaro moliya instutlari taqdim etgan 32 mln dollarni hozir o‘zlashtirib bo‘ldik va bundan tashqari 150 mln dollarlik shartnomalar tuzilyapti.
Maxsus hududlarda ishlagan tibbiyot xodimlari belgilangan maoshlarni olishyapti.
Zaxira shifoxonalardan tashqari, Chilonzor tumanida 500 o‘rinli ikkita shifoxonani ishga tushiryapmiz. Epidemiyadan keyin bittasi shahar perinatal markazi sifatida, ikkinchisi shahar bolalar shifoxonasi sifatida ish boshlaydi.
«Eski ToshMI» (Toshkent tibbiyot akademiyasi) uchinchi klinikasi bazasida 300 o‘rinli shifoxona qurilishi amalga oshirilyapti va bir oyga qolmasdan yakunlanadi. Zangiotada yangi qurilayotgan 2 ming o‘rinli shifoxonaning 1 ming o‘rni hozir tayyor bo‘ldi. Pandemiyadan keyin bu joy respublika virusologiya shifoxonasi bo‘ladi», deya ma'lumot berdi Sog‘liqni saqlash vaziri Xalqaro Press klubning navbatdagi sessiyasida.
Mavzuga oid
19:43 / 09.01.2024
Alisher Shodmonov uzoq muddatli ta’tilga chiqdi
10:26 / 12.08.2023
Alisher Shodmonov vazirning birinchi o‘rinbosari bo‘lib qaytdi
17:30 / 05.07.2022
“Qoraqalpog‘istonning taqdiri – bu O‘zbekistonning taqdiri” - Alisher Shodmonov
20:53 / 24.12.2020