Bugun Özbekistonda 130dan ortiq millat, elat va etnik guruhlarning vakillari yaşaydi. Ularning har biri öz milliy-madaniy urf-odatlariga, an’analariga, tiliga, konstitutsiyaviy huquqiy tengliklariga ega. Köp millatli davlatda millatlararo totuvlik ijtimoiy–siyosiy barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlaşning asosiy şartlaridan biri hisoblanadi. Bundan taşqari, millatlararo totuvlik turli millatga mansub bölgan fuqarolar örtasida bir–biriga nisbatan ahil bölişga, hurmat bilan qaraşga da’vat etadi. Bu esa turli millat vakillarining bir-birlarini kamsitiş yoki özaro loqaydlik bilan qaraşdek nosoğlom illatlarning oldini oladi. Turli millat vakillarini öz mamlakati, Vatani oldida turgan ezgu maqsadlar sari safarbar etadi.
Şu kunlarda Qoraqalpoğistonda sodir bölgan voqealar har bir Özbekiston fuqarosini iztirobga soldi. Çunki özbek va qoraqalpoq xalqlari bir-biriga qon-qarindoş bölib, bir zaminda inoq-ittifoq yaşab kelgan. Axborot berilişiça, bu “uçinçi kuçlar”ning işi bölib, ançadan beri tayyorgarlik körilgan ekan. Albatta, bunday holatda sabr-toqat, vazminlik va aql bilan iş tutiş, turli provokatsiyalarga berilmaslik va bölib ötgan fojiadan töğri xulosa çiqariş zarur. Özbek va qoraqalpoq xalqlari örtasidagi döstlikka raxna solişga yöl qöymaslik kerak. Biz bir zaminda yaşab kelganmiz, bundan keyin ham ahillikda yaşab, rivojlanib boramiz.
Prezident Şavkat Mirziyoyev Qoraqalpoğiston xalqi va Jöqorği Kenges deputatlariga murojaatida ta’kidlaganidek: “Barçamiz birgalikda Yangi Özbekiston va Yangi Qoraqalpoğistonni albatta barpo etamiz”. Bugun mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlar natijasida xalqimizda olamga yangiça qaraş şakllandi. Bu özgartirişlar ortida aholi turmuş tarzini yaxşilaş, madaniy va milliy rivojlanişga şart-şaroit yaratiş, ilm-fan takomillaşuvidagi aniq harakatlarga asoslangan ezgu amallar mujassam. Yurtimizning har bir göşasida bölgani kabi Qoraqalpoğistonda ham ulkan özgarişlar amalga oşirildi. “Qoraqalpoğistonda amalga oşirilayotgan ijobiy özgarişlar bundan buyon ham albatta izçil sur’atlarda davom ettiriladi.
Çunki Qoraqalpoğistonning taqdiri – bu Özbekistonning taqdiri, qoraqalpoq xalqining baxti va farovonligi – bu butun özbek xalqining baxti va farovonligidir”.
Toşkent tibbiyot akademiyasi rektori Alişer Şodmonov








