Bir guruh turkiyaliklar O‘zbekistondan Turkiyaga qaytarildi
Koronavirusga qarshi kurashish chora-tadbirlari doirasida O‘zbekistondan Turkiyaga bir guruh turkiyaliklar yetkazildi.
Bu haqda “Anadolu” axborot agentligi xabar berdi.
Turkish Airlines aviakompaniyasining bortida 291 yo‘lovchi bo‘lgan maxsus reysi Toshkent xalqaro aeroportidan uchgan.
O‘zbekistonning turli hududlarida qolgan turkiyaliklar Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi va O‘zbekiston-Turkiya ishbilarmonlar uyushmasi (UTID) ko‘magida avtobuslarda Toshkentga yetkazilgan.
Bundan tashqari, UTID mablag‘siz qolgan ba'zi turkiyaliklarning parvozi haqini to‘lab bergan.
Maxsus reys yo‘lovchilaridan biri, turk biznesmeni Osmon Yilmazning ma'lum qilishicha, u O‘zbekistonga 12 martda yetib kelgan. Shundan keyin u koronavirus tarqalishi oldini olish uchun kiritilgan karantin doirasida xalqaro aviaaloqa to‘xtatilganidan keyin 1,5 oy Toshkentda qolib ketgan.
Avvalroq Turkiya hukumati o‘nlab davlatlardan turk fuqarolarini olib chiqishga tayyorligini e'lon qilgan.
Mavzuga oid
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
21:21 / 17.10.2024