Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga tashrifi davomida strategik sheriklik to‘g‘risida deklaratsiya imzolanadi
O‘zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirlari Abdulaziz Komilov va Sergey Lavrovning telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi
2020 yil 22 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning Rossiya Federatsiyasi tashqi siyosat idorasi rahbari Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
TIV xabariga ko‘ra, vazirlar ikki tomonlama munosabatlarning siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda jadal rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining rejalashtirilgan muddatda Rossiya Federatsiyasiga amalga oshiradigan davlat tashrifiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar oliy darajadagi tadbir kun tartibini shakllantirish hamda ikki tomonlama hujjatlarni kelishish bo‘yicha ishlarni davom ettirishga kelishib oldilar.
Tashrif yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasining Har tomonlama strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiyaning imzolanishi muhimligi ta'kidlandi.
Mamlakatning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga raisligi doirasida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi kelgusidagi hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Tashqi siyosat idoralari rahbarlari dunyodagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qildilar. Kasallikning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish masalalarida yaqin hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.
Mavzuga oid
16:23 / 11.06.2026
Armaniston hukumati geosiyosiy kursini o‘zgartirish uchun xalqdan mandat oldi - siyosatshunoslar
14:20 / 11.06.2026
Rossiyadan ketgan fuqarolarning mol-mulki xatlanishi mumkin
18:53 / 10.06.2026
Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi
08:45 / 09.06.2026