Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yil yakunida daromadlardan ko‘ra xarajatlar ko‘proq bo‘ladi - Ishmetov
O‘zbekistonda yil yakunida daromadlardan ko‘ra xarajatlar ko‘proq bo‘ladi, bu taqchillik oldin rejalashtirilganidan sal ko‘proqni tashkil etadi
Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda pandemiya va inqiroz davrida O‘zbekistondagi iqtisodiy vaziyat muhokama qilindi.
Hukumatning iqtisodiy korpusi vakillari, yirik tadbirkorlar va biznes vakillari ishtirok etgan tadbir davomida O‘zbekiston moliya vaziri Timur Ishmetov davlat budjetiga taalluqli savolga javob qaytardi.
Yil yakunida daromadlardan ko‘ra xarajatlar ko‘proq bo‘ladi - Ishmetov 👉 https://kun.uz/46358620
Posted by Kun.uz on Thursday, April 23, 2020
«2020 yilgi budjet tasdiqlanganda daromadlar xarajatlardan 3,5 trln so‘m miqdorda kamroq bo‘lishi aniq edi, ya'ni budjet kamomadlar bilan tasdiqlangan. Odatda, shu defitsitni qoplash manbalari avvaldan ko‘zda tutiladi, bu davlat tomonidan qarzga olish bo‘ladi. Bu ichki qarz - Moliya vazirligi obligatsiya chiqaradi, bozorda sotadi, banklar sotib oladi, yoki tashqi qarz - xalqaro moliya tashkilotlaridan qarz olinadi, obligatsiyalar chiqariladi.
Bu yil ham shunday ishlar rejalashtirilgan. Prezident farmoniga muvofiq budjetga biroz o‘zgartirishlar kiritishga majbur bo‘ldik, negaki hozirgi sharoitda xarajatlarni to‘xtatmaslik uchun budjetni qayta ko‘rib chiqishga zarurat tug‘ildi. Lekin, daromadlar davom etyapti, albatta, ma'lum davrda iqtisodiy faollik pasaygani tufayli daromadlar prognozini qayta ko‘rib chiqdik. Biroq, o‘sha-o‘sha instrument - bizda yil yakunida daromadlardan ko‘ra xarajatlar ko‘proq bo‘ladi, bu taqchillik oldin rejalashtirilganidan sal ko‘proqni tashkil etadi. Bu qarz mablag‘larini jalb qilish hisobiga to‘ldiriladi», - dedi T. Ishmetov.
Mavzuga oid
18:15 / 05.05.2026
O‘zbekistonda Visa-kartani qayerda va qanday ochish mumkin?
20:56 / 29.04.2026
«Kursga sun’iy ta’sir o‘tkazish tarafdori emasmiz» - Timur Ishmetov
18:09 / 29.04.2026
Ijobiy tendensiyalar sekinlashgan va tashqi xatarlar bor – MB raisi asosiy stavka o‘zgarishsiz qoldirilgani haqida
10:38 / 31.03.2026