Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda «Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish» loyihasi amalga oshiriladi
Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi, ta'limda global hamkorlik tashkiloti va natijalarga asoslangan yondashuvlar uchun global hamkorlik tashkiloti ishtirokidagi “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari qabul qilinadi
Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi, ta'limda global hamkorlik tashkiloti va natijalarga asoslangan yondashuvlar uchun global hamkorlik tashkiloti ishtirokidagi “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
Qayd etilishicha, quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi va Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (XTA) o‘rtasida 2019 yil 19 iyulda qoplash muddati 2049 yilgacha va besh yillik imtiyozli davr bilan qiymati 59,5 mln. AQSh dollari bo‘lgan “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasini amalga oshirishni moliyalashtirish to‘g‘risidagi kelishuv imzolangan;
O‘zbekiston Respublikasi va XTA (Ta'limda global hamkorlik tashkiloti (TGHT) grant agenti sifatida) o‘rtasida 2019 yil 19 iyulda qiymati 9,50 mln. AQSh dollari bo‘lgan grant bitimi imzolangan;
O‘zbekiston Respublikasi va XTA (Natijalarga asoslangan yondashuvlar uchun global hamkorlik tashkiloti (NAYoGHT) grant boshqaruvchisi sifatida) o‘rtasida 2019 yil 19 iyulda qiymati 4,85 mln. AQSh dollari bo‘lgan grant bitimi imzolangan;
loyihani amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasining ulushi ekvivalentda 26,72 mln. AQSh dollarini, shu jumladan soliq va bojxona imtiyozlari ekvivalentda 16,90 mln. AQSh dollarini tashkil etadi;
loyihaning umumiy qiymati 100,57 mln. AQSh dollarini tashkil etadi;
loyihani amalga oshirish muddati 2020-2024 yillarni tashkil etadi.
Belgilab qo‘yilishicha:
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi XTA krediti, TGHT va NAYoGHT grantlaridan maqsadli va samarali foydalanish uchun mas'ul bo‘lgan ijro etuvchi agentlik hisoblanadi;
loyihani amalga oshirish doirasida bajariladigan ishlar va xizmatlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta'minlash uchun loyihani amalga oshirish davrida ijro etuvchi agentlik huzurida XTA krediti hisobidan moliyalashtiriladigan, zimmasiga XTA talablariga muvofiq loyihaning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta'minlash, kredit mablag‘laridan foydalanishni nazorat qilish hamda hisobini yuritish vazifasi yuklanadigan Loyihani amalga oshirish guruhi tashkil etilgan;
Ijro etuvchi agentlik Loyihani amalga oshirish guruhi shtat birliklarini belgilangan tartibda Moliya vazirligi bilan kelishishi lozim;
XTA kreditini qaytarish hamda kredit bo‘yicha to‘lash vositachilik haqi va boshqa sarf-xarajatlar bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplanadi.
Quyidagilar:
“Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi bo‘yicha asosiy texnik-iqtisodiy parametrlar;
“Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi bo‘yicha Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasining kreditini qaytarish va komissiya to‘lovlarini to‘lashning prognoz jadvali tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasini amalga oshirish ishlari muvofiqlashtirilishini, shuningdek, amalga oshirish jarayonini ko‘rib chiqilishini ta'minlaydi, zarurat bo‘lganda loyihani o‘z vaqtida va samarali amalga oshirishni ta'minlash masalalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.
Mavzuga oid
18:08 / 09.06.2026
Istanbulda o‘zbekistonlik 6 yoshli bola tramvay ostida qolib, vafot etdi
22:35 / 17.05.2026
Xitoyda 11-qavatdan qulagan bola tirik qoldi
15:26 / 05.05.2026
“Hojatxona izlab, transformatorga kirib qolgan” – Mingbuloqda tok urgan bola qo‘llaridan ayrildi
18:34 / 26.04.2026