O‘zbekiston | 14:02 / 25.04.2020
4255
2 daqiqa o‘qiladi

Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik O‘zbekistonga koronavirusni aniqlashda yordam beradigan uskunalar yetkazib beradi

O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik bilan hamkorligi doirasida koronavirus bilan kasallangan bemorlar uchun tashxis qo‘yish uskunasi yetkazib beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi va Sog‘likni saqlash vazirligi ishtirokida Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) hamda O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi texnik hamkorlik dasturi doirasida AEXA rahbariyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutiga tashxis qo‘yuvchi test-tizimlar komplektli uskuna yetkazib berish haqida qaror qabul qildi.

Komplektlar o‘z ichiga koronavirusni aniqlashda yangi RT-PCR – real vaqtdagi polimeraz zanjir reaksiyasi (PsR) uslubini qo‘llovchi reagentlar, test materialini qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish va birlamchi ishlov berish, virus DNK/RNKni ajratib olish, reaksion aralashmani tayyorlash va PsR o‘tkazish, PsR natijalarini aniqlash va materiallarni dezinfeksiya qilish uskunasini jamlagan.

Klinik tibbiyotda PsR-tashxis qo‘yish shuningdek infeksion kasalliklar klinikasi, uroginekologiya, neonatologiya, qon xizmati, ftiziatriya va pulmonologiya kabi yo‘nalishlarda ham eng zarur usullardan biri hisoblanadi.

Alohida ta'kidlanishicha, mazkur uslub yordamida nafaqat diagnoz qo‘yish, balki qo‘zg‘atuvchining turini, ya'ni shtammini  aniqlash mumkin.

Yetkazib berilayotgan uskuna va test-tizimlarning umumiy bahosi qariyb 70 ming yevroni tashkil qiladi.

Uskunalarning O‘zbekistonga yetib kelishi may oyining boshida kutilmoqda.

Mavzuga oid