Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlari tomonidan ko‘rsatilgan yordam haqida ma'lumot berildi
Joriy yilning 25 aprel kuniga qadar O‘zbekiston Respublikasida jami 9 139 ta mahallada 250 959 ta oilaga umumiy qiymati 28,432 mlrd so‘mlik mahsulotlar tarqatildi.
Foto: KUN.UZ
Bugun, 25 aprel kuni AOKAda tashkil etilgan brifingda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi matbuot kotibi Saodat Boymirzayeva Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlari tomonidan ko‘rsatilgan yordam miqdori va uning kimlarga berilgani haqidagi savolga javob berdi.
“Markazlar tashkil etilganiga 23 kun bo‘ldi. Joriy yilning 25 aprel kuniga qadar O‘zbekiston Respublikasida jami 9 139 ta mahallada 250 959 ta oilaga umumiy qiymati 28,432 mlrd so‘mlik mahsulotlar tarqatildi.
Mazkur oilalarning:
134 180 mingdan ziyodi kam ta'minlangan oilalar;
33 179 mingdan ziyodi nogironligi bo‘lgan shaxslar va ularning oila a'zolari;
26 193tasi boquvchisini yo‘qotganlar;
12 356 tasi yakka, yolg‘iz keksalar;
11 065 tasi karantindagi oilalar;
33 986 mingdan ziyodi boshqa oilalar.
Boshqa oilalar deganda karantin sababli daromad manbaidan mahrum bo‘lib turganlar, jazoni ijro etish muassasasida bo‘lgan fuqarolarning oilalari, mehnat uchun xorijga borgan va hozirda mamlakatimizda bo‘lmagan fuqarolarning oilalari va boshqalar nazarda tutilmoqda”, - dedi Saodat Boymirzayeva.
Mavzuga oid
10:36 / 25.08.2025
Homiylik xayriyalarini yig‘ish tartibi belgilandi
20:18 / 08.05.2025
Bill Geyts 20 yil ichida deyarli barcha boyligini xayriyaga yo‘naltirishiga va’da berdi
15:18 / 06.03.2025
“Ezgu Amal” jamg‘armasi yangilangan nizomini e’lon qildi
15:30 / 03.02.2025