Jahon | 21:50 / 26.04.2020
7610
2 daqiqa o‘qiladi

Nyu-Yorkda koronavirusga tahlilni bevosita dorixonalarda topshirish mumkin bo‘ladi 

AQShning Nyu-York shtatida istalgan odam koronavirusga tahlilni dorixonalarda topshirishi mumkin bo‘ladi.

Foto: Getty Images

Tegishli farmonni shtat gubernatori Endryu Kuomo imzolagan. Umumiy hisobda yangi farmon bilan 5 mingga yaqin mahalliy dorixona qamrab olinadi

Hozirda shtatda har kuni 20 mingga yaqin odam koronavirusga tahlillar topshirmoqda. Virus bor-yo‘qligini tekshirish joylarining ko‘payishi hisobiga Kuomo kuniga topshiriladigan testlar miqdorini 40 minggacha yetkazmoqchi.

“Bizda tahlillar yig‘ish joylari ko‘paygani sababli, o‘zini tekshirtirmoqchi bo‘lganlarga talablarni kamaytirishimiz mumkin bo‘ladi”, deb aytgan gubernator.

Uning farmoniga ko‘ra, sog‘liqni saqlash sohasi xodimlari, politsiyachilar, o‘t o‘chiruvchilar, jamoat transporti haydovchilari va do‘konlar xodimlari o‘zlarida koronavirus alomatlari bo‘lmasa-da, unga tahlil topshira olishlari mumkin bo‘ladi.

Ayni vaqtda shtatda koronavirusga chalinganlar soni mamlakat bo‘ylab eng yuqori bo‘lib, 282 mingdan ko‘proqni tashkil qilmoqda, 16599 kishi koronavirusdan vafot etgan. Umumiy hisobda AQSh bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni bir millionga yaqinlashib qoldi, 580 mingdan ko‘proq odam undan vafot etgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid