O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 800dan oshdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi Buxoro viloyatida yana 15 bemor tuzalgani va jami tuzalganlar soni 800 nafardan oshgani to‘g‘risida ma'lum qildi.
Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 15 nafar bemor to‘liq sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas'ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berishicha, shifo topganlarning barchasi Rossiyadan charter reys bilan Buxoroga olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, shifoxonaga joylashtirilgan. Ulardan 13 nafari erkak, 2 nafari ayol. Bemorlarning 7 nafari Toshkent shahridan, Andijon va Qashqadaryo viloyatlaridan 2 nafardan, Toshkent, Farg‘ona, Sirdaryo va Samarqand viloyatlaridan 1 nafardan. Ular orasida eng yoshi kattasi 54 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 16 yosh.
Buxoro viloyati bo‘yicha shu paytga qadar 265 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 280 nafarga yetdi.
Ayni vaqtgacha mamlakat bo‘yicha koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 804 nafarni tashkil etmoqda.
Virus tarqalishni boshlagandan buyon 1887 kishida virus aniqlandi, shundan 804 kishi sog‘aydi, 8 kishi vafot etdi, 1075 kishi shifoxonalarda qolmoqda.
Mavzuga oid
18:53 / 30.07.2024
Maktab o‘quvchilari va bog‘cha tarbiyalanuvchilarining to‘rtdan bir qismida turli kasalliklar aniqlandi
11:28 / 22.07.2024
Nikohlanuvchilar qanday tibbiy ko‘riklardan o‘tishi kerak?
17:25 / 20.07.2024
Dunyo bo‘ylab vabo tarqalish xavfi juda yuqori baholanmoqda
19:59 / 09.07.2024