Jahon | 00:57 / 27.04.2020
9165
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda uchuvchisiz parvoz qurilmalari uchun dunyodagi birinchi aeroport quriladi

Xitoyning avtonom uchish qurilmalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Ehang kompaniyasi uchuvchisiz parvoz qurilmalari uchun dunyodagi birinchi aeroport qurish rejasini e'lon qildi.

Bu haqda kompaniya saytida ma'lum qilingan.

Turistik dronlarga mo‘ljallangan aeroportni Guansi provinsiyasidagi Xechjou shahrida qurish rejalashtirilmoqda. U 2020 yilda foydalanishga kiritilishi taxmin qilinmoqda. 

Aeroport terminali 3 qavatli va 2500 kvadrat metr maydonli bo‘ladi. Binoning arxitekturasida 1-qavatda ro‘yxatdan o‘tish zali, 2-qavatda kutish zali va 3-qavatda uchish-qo‘nish zonasi bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Kompaniya aeroport qurishdan tashqari, 20 kishilik uchuvchisiz aerotaksi EHang 216’ni yetkazib berishni rejalashtirmoqda. Ular turistik maqsadlarda qo‘llanadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid