Misrda 3 yildan beri amal qilayotgan favqulodda vaziyat navbatdagi marta uzaytirildi
28 apreldan Misrda 3 yildan beri amal qilayotgan favqulodda vaziyat rejimi yana 3 oyga uzaytirildi. Favqulodda vaziyat 2017 yil aprelda Tanta va Iskandariyada sodir etilgan teraktlardan keyin kiritilgandi.
Bunday qarorni Misr prezidenti qabul qilgan. Ushbu chora fuqarolar xavfsizligi va salomatligini ta'minlash bilan bog‘langan.
“Politsiyaning qurollangan kuchlari terrorchilikka va uning moliyalashtirilishiga qarshi barcha ishni qilishi, xususiy va jamoat mulki butligi ortidan kuzatishi, fuqarolar hayotini saqlashi lozim”, deyilgan bayonotda.
Shuningdek, Misr bosh vaziri Mustafo Madbuliy farmoyishiga ko‘ra, Sinay yarimoroli shimolidagi bir qator hududlarda komendantlik soati uzaytiriladi. Bungacha Misrda soat 21dan 6gacha komendantlik soati amal qilayotgandi. Endi u soat 19dan 6gacha davom etadi.
Misrda favqulodda vaziyat 2017 aprelda Tanta va Iskandariya shaharlaridagi ikkita teraktdan keyin kiritilgandi. O‘shanda terrorchilarning cherkovlarga hujum qilishi oqibatida 50 dan ko‘proq odam halok bo‘lgan, 100 dan ko‘proq odam jarohatlangan. Ayni vaqtda mamlakatda, shuningdek, koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq qabul qilingan cheklovlar amal qilmoqda.
Mavzuga oid
10:00 / 31.10.2024
Netanyahu: Misrning 48 soatlik otashkesim haqidagi taklifi Isroilga taqdim etilmadi
14:30 / 29.10.2024
Misr G‘azoda ikki kunlik sulh tuzishni taklif qildi
14:50 / 23.10.2024
Misrda ingliz tilidagi ilk O‘zbek tili grammatikasi darsligi yaratildi
16:05 / 17.10.2024