O‘zbekiston | 10:32 / 28.04.2020
38455
2 daqiqa o‘qiladi

Kuchli shamol tufayli O‘zbekistonda 138 mingdan ortiq xonadon gaz ta'minotidan vaqtincha uzildi 

Navoiy viloyatining Konimex, Navbahor, Qiziltepa, Karmana tumanlarida 21 557 ta, Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida 6 100 ta, Buxoro viloyatining Buxoro, Kogon, Romitan, Peshku, G‘ijduvon, Shofirkon, Qorovulbozor, Vobkent, Jondor, Qorako‘l va Olot tumanlarida 110 490 ta, Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on, Paxtachi, Ishtixon, Narpay tumanlarida 141 ta xonadon vaqtincha gazsiz qoldi. 

Foto: Telegram / @davletovuz

Joriy yilning 27 aprel kuni kechqurun Buxoro viloyatida sodir bo‘lgan kuchli shamol va yomg‘ir natijasida gaz quvurlari va gaz ta'minoti tizimining boshqa obektlarida 120 dan ortiq avariya holatlari aniqlandi. 

“Hududgazta'minot" AJ matbuot xizmati xabariga ko‘ra, “Shofirkon-1”, “Shofirkon-2”, “Peshku-1”, “Peshku-2”, “Romitan-2”, “Romitan-3”, “Romitan-4”, “Jondor-1”, “Izvestkoviy”, “G‘ijduvon”, “Shofirkon-2” kabi gaz taqsimlash stansiyalari (GRS) va “G‘ijduvon”, “Olot” va “Qorako‘l” kabi yo‘nalishlar favqulodda o‘chirilgan.

138 mingdan ortiq xonadon gaz ta'minotidan vaqtincha uzilgan. Jumladan, Navoiy viloyatining Konimex, Navbahor, Qiziltepa, Karmana tumanlarida 21 557 ta, Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida 6100 ta, Buxoro viloyatining Buxoro, Kogon, Romitan, Peshku, G‘ijduvon, Shofirkon, Qorovulbozor, Vobkent, Jondor, Qorako‘l va Olot tumanlarida 110 490 ta, Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on, Paxtachi, Ishtixon, Narpay tumanlarida 141 ta xonadon vaqtincha gazsiz qoldi. 

“Hududgazta'minot” AJning hududlardagi tarkibiy bo‘linmalarining tezkor tiklash guruhlari tabiiy ofat sababli zarar yetgan joylarda ta'mirlash ishlarini boshlab yuborishdi. Hududlar kesimida aholiga tabiiy gaz yetkazib berishni qayta tiklash to‘g‘risidagi ma'lumot qo‘shimcha ravishda taqdim etiladi.

Iste'molchilar diqqatiga! “Hududgazta'minot” AJ aholidan tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga rioya qilishni so‘raydi. Gaz ta'minoti tizimida nosozliklar, gaz sizib chiqishi yoki boshqa favqulodda vaziyatlar aniqlanganda, darhol avariya-dispetcherlik xizmatining 104 yoki 1104, 71 200-08-04 raqamlariga xabar bering”, - deyiladi ma'lumotda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid