2020-2021 yillarda O‘zbekistondagi barcha qishloq va mahallalar yuqori tezlikdagi internetga ulanadi
2020-2021 yillarda O‘zbekistondagi barcha sog‘liqni saqlash muassasalari, maktablar va maktabgacha ta'lim tashkilotlari, qishloqlar va mahallalar yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulanadi - tegishli prezident qarori qabul qilindi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 28 aprel kuni «Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.
Hujjat bilan mamlakatning raqamli infratuzilmasini to‘liq modernizatsiya qilish va zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlaridan barcha hududlarda foydalanish imkoniyatini ta'minlash vazifasi qo‘yilgan.
Buning uchun 2020-2021 yillarda barcha sog‘liqni saqlash muassasalari, maktablar va maktabgacha ta'lim tashkilotlarini, shuningdek, qishloqlar va mahallalarni yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulash hamda aloqa xizmatlari sifatini oshirish ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, qarorda quyidagilar raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni yanada rivojlantirishning qo‘shimcha vazifalari etib belgilangan:
- 2023 yilga kelib raqamli iqtisodiyotning mamlakat YaIMdagi ulushini 2 baravarga ko‘paytirishni nazarda tutgan holda, shu jumladan, ishlab chiqarishni boshqarishda axborot tizimlari kompleksini joriy qilish, moliyaviy-xo‘jalik faoliyatda hisobot yuritishda dasturiy mahsulotlardan keng foydalanish, shuningdek, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish orqali uni jadal shakllantirish;
- 2022 yilga qadar elektron davlat xizmatlari ulushini 60 foizgacha yetkazishni nazarda tutgan holda davlat axborot tizimlari va resurslarini yaratish hamda integratsiya qilish, davlat ma'lumotlar bazalaridagi axborotlarni unifikatsiya qilish, shuningdek, davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibotlarini optimallashtirish va tartibga solish orqali elektron hukumat tizimini rivojlantirish;
- dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish va texnologik maydonchalar yaratish orqali «raqamli tadbirkorlik»ni rivojlantirish, 2023 yilga kelib ushbu sohadagi xizmatlar hajmini 3 baravarga oshirish va ularning eksportini 100 million dollarga yetkazish;
- ta'lim tizimining barcha bosqichlarida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va zamonaviy iqtisodiyot uchun zarur bo‘lgan raqamli bilimlarning darajasini oshirish, ta'lim infratuzilmasini takomillashtirish, shuningdek, «Besh tashabbus» loyihasini amalga oshirish doirasida 2022 yilga qadar respublikaning barcha hududlarida raqamli bilimlarga o‘qitish markazlarini ochish.
Qarorga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzurida Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi hamda Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi davlat muassasalari tashkil etiladi.
Hujjat bilan «Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator UZINFOCOM» MChJning ustav kapitalidagi davlat ulushi, Vazirlik tashkiliy tuzilmasidagi xo‘jalik jamiyatlarining ustav kapitalidagi davlat aksiya paketlari, «Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi» DUKning axborot tizimlari va boshqa apparat-dasturiy komplekslari Vazirlikka beg‘araz asosda o‘tkazib berilishi belgilandi.
Bundan tashqari, qarorda davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida ishlatiladigan barcha axborot tizimlari va resurslarining idoralararo elektron hamkorligi faqat «Elektron hukumat» tizimining idoralararo integratsiya platformasi orqali amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi.
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bolgariya prezidenti 9 iyun kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi
Jahon | 16:35
-
Kolumbiyada saylovoldi mitingida chiqish qilayotgan senatorga suiqasd uyushtirildi - video
Jahon | 16:02
-
Tramp Los-Anjyelesga Milliy gvardiya askarlarini yubormoqda
Jahon | 15:59
-
O‘zbekistonda dorilar Qozog‘istonga qaraganda qimmat – farmatsevtika bozoriga qanday omillar ta’sir qilyapti?
O‘zbekiston | 15:50
Mavzuga oid

12:30
Toshkentdagi mahalla ichida 5 qavatli mehmonxona qurilishi mumkin. Aholi bunga qarshi chiqmoqda

19:20 / 25.04.2025
Qibrayda ichimlik suvi quvuri ustidan ariq tortilmoqda

16:35 / 12.04.2025
“Qishloqda yashab ham kam bo‘lmadik” - qo‘shtepalik bog‘bon

10:35 / 20.03.2025