O‘zbekiston | 07:32 / 29.04.2020
71890
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonliklar asosan qaysi davlatlarga ko‘chib ketyapti?

2020 yil yanvar-mart oylarida xorijiy mamlakatlarga ko‘chib ketganlar soni respublika bo‘yicha jami 1906 kishini tashkil etdi.

Foto: Getty Images

2020 yil yanvar-mart oylarida respublika bo‘yicha ko‘chib kelganlar soni 40,1 ming kishini (39,6 ming kishi respublika hududlaridan, 0,5 ming kishi xorijiy mamlakatlardan), ko‘chib ketganlar soni esa 41,5 ming kishini (39,6 ming kishi respublika hududlariga, 1,9 ming kishi xorijiy mamlakatlarga) tashkil etdi.

Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, migratsiya saldosi minus 1,4 ming kishi bo‘lib, 2019 yilning mos davrida minus 1,4 ming kishi bo‘lgan.

Migratsiya saldosining yuqori darajasi Qashqadaryo (minus 1,7 ming kishi), Samarqand (minus 1,5 ming kishi) va Buxoro (minus 1,0 ming kishi) viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida (minus 0,8 ming kishi) qayd etildi.

Migratsiya saldosining ijobiy darajasi Toshkent shahrida (plyus 7,1 ming kishi) kuzatildi.

O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy mamlakatlardan ko‘chib kelganlarning asosiy qismi Qozog‘iston Respublikasi (jami xorijga ko‘chib kelganlarga nisbatan 34,1 foizi), Tojikiston Respublikasi (28,6 foiz), Rossiya Federatsiyasi (19,6 foiz), Qirg‘iziston Respublikasi (7,1 foiz), Ukraina Respublikasi (1,2 foizi) va boshqa mamlakatlar (9,4 foiz) hissasiga to‘g‘ri keldi.

O‘zbekiston Respublikasidan xorijiy mamlakatlarga ko‘chib ketganlarning asosiy qismi Qozog‘iston Respublikasi (jami xorijga ko‘chib ketganlarga nisbatan 64,8 foiz), Rossiya Federatsiyasi (29,2 foiz), Qirg‘iziston Respublikasi (0,9 foiz), Isroil (0,9 foiz), Tojikiston Respublikasi (0,8 foiz), va boshqa mamlakatlar (3,4 foiz) hissasiga to‘g‘ri keldi.

2020 yil yanvar-mart oylarida xorijiy mamlakatlardan ko‘chib kelganlar soni respublika bo‘yicha jami 490 kishini tashkil etdi. Hududlar bo‘yicha eng ko‘p kelganlar soni Toshkent viloyati (191 kishi), Toshkent shahri (111 kishi) va Qoraqalpog‘iston Respublikasi (49 kishi) hissasiga to‘g‘ri keladi.

2020 yil yanvar-mart oylarida xorijiy mamlakatlarga ko‘chib ketganlar soni respublika bo‘yicha jami 1906 kishini tashkil etdi. Hududlar bo‘yicha eng ko‘p ketganlar soni Qoraqalpog‘iston Respublikasi (622 kishi), Toshkent viloyati (487 kishi) va Toshkent shahri (446 kishi) hissasiga to‘g‘ri keladi.

Hududlar kesimida 2020 yil yanvar-mart oylarida xorijiy migratsiyaning minus saldosi Qoraqalpog‘iston Respublikasida - 573 kishi, Toshkent shahrida - 335 kishi, Toshkent viloyatida - 296 kishi va Navoiy viloyatida - 60 kishini tashkil etib, boshqa hududlarga nisbatan yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi.

Mavzuga oid