Qozog‘istonda prezident vakolatlarini kengaytirish rejalashtirilmoqda
Qozog‘iston parlamenti quyi palatasida favqulodda vaziyat masalalari bo‘yicha qonun loyihasi birinchi o‘qishdayoq qabul qilindi. Ushbu hujjat prezident vakolatlarini kengaytiradi.
Iqtisodiyot vaziri Ruslan Dalenovning ta'kidlashicha, qonun loyihasidan maqsad favqulodda vaziyat vaqtida ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta'minlash uchun tezkor choralar qabul qilish imkoniyati hisoblanadi.
Qonun loyihasi ko‘plab davlatlar kabi Qozog‘istonda mustaqillik yillari davomida birinchi marta favqulodda vaziyat rejimi amal qilayotganda yanada dolzarb ko‘rinish olgan.
Hujjat bilan favqulodda vaziyat kiritilgan vaqtda mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlash maqsadida prezident tomonidan soliq, budjet, bojxona, bank, mehnat, antimonopol, xalq salomatligi va sog‘liqni saqlash tizimi, davlat xaridlari, valutani tartiblashtirish bo‘yicha qonunlar amal qilishining alohida jihatlari o‘rnatilishi mumkin.
Gap, shuningdek, fuqarolarni ijtimoiy muhofaza qilish, davlat mulki, raqobatni himoyalash, davlat nazorati, xalqaro majburiyatlarning bajarilishi masalalari haqida ketmoqda.
Shuningdek, qonun loyihasida favqulodda vaziyat rejimini ta'minlash maqsadida qabul qilingan hamda jismoniy va yuridik shaxslar erkinliklari va huquqlari vaqtinchalik cheklanishi bilan bog‘liq qonun hujjatlari favqulodda vaziyat kiritilgan muddat davomidagina qo‘llanishi aytilgan. Ushbu hujjatlar favqulodda vaziyat tugashi bilan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Mavzuga oid
07:30 / 05.11.2024
Qozog‘istonda o‘zbekistonlik haydovchiga jarohat yetkazgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
23:10 / 02.11.2024
Qozog‘istonda «zamonaviy ko‘chmanchilar» uchun yangi viza turi joriy etildi
17:12 / 02.11.2024