Farmonga köra, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan işonçli muhofaza qiliş sohasini sifat jihatidan yangi bosqiçga kötariş borasidagi islohotlarning ustuvor yönalişlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
🔹hududlarda favqulodda vaziyatlarning barvaqt oldini oliş va oqibatlarini kamaytiriş faoliyatini ustuvor vazifa sifatida qabul qiliş orqali mahallalar darajasida keng qamrovli profilaktika mexanizmlarini yaratiş va samarali tatbiq qiliş;
🔹 favqulodda vaziyatlar yönalişida davlat nazorati şakllarining talablari hamda me’yorlarini zamon talablariga mos ravişda qayta körib çiqiş hamda ularni amalga oşiriş mexanizmlarini transformatsiya qiliş böyiça kompleks çora-tadbirlar tizimini belgilaş;
🔹 favqulodda vaziyatlar xavfini bartaraf etiş sohasiga sun’iy intellekt, robototexnika va zamonaviy raqamli texnologiyalarni keng joriy etiş, mazkur holatlarning oldini olişga mas’ul idora va taşkilotlarning axborot tizimlarini yagona texnologik platformaga birlaştiriş.
Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qiliş konsepsiyasi doirasida davlat siyosatining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
🔸favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilişda profilaktik tadbirlarini “mahallabay” va “xonadonbay” amalga oşiriş;
🔸aholi, köngilli qutqaruvçilar va volontyorlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qiliş işlariga keng jalb etiş;
🔸monitoring va prognoz körsatkiçlarini baholaş hamda yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlar oqibatlari, talafoti va kölamini aniqlaş metodikasi va metodologiyasini zamon talablariga muvofiqlaştiriş;
🔸 energetika, radiatsiyaviy, kimyoviy, yoniş-portlaş va boşqa xavf manbai yuqori iqtisodiyot obektlarining barqaror faoliyat körsatişini ta’minlaş.












