O‘zbekiston | 11:36 / 30.04.2020
5762
2 daqiqa o‘qiladi

2020 yilning uch oyida O‘zbekistonga turistik maqsadda kelgan shaxslar soni ochiqlandi

2020 yil yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolari soni 1,2 mln kishini tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2019 yilning shu davriga nisbatan 12,0 foizga kamaygan.

Foto: KUN.UZ

Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, 2020 yil yanvar-mart oylarida turistik maqsadlarda chet elga ketgan O‘zbekiston fuqarolari soni 1,4 mln kishini tashkil etdi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan taqqoslanganda esa bu ko‘rsatkich 16,7 foizga kamaygan. 

2020 yil yanvar-mart oylarida MDH davlatlaridan O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolari 1,1 mln kishini tashkil etgan. 2020 yil yanvar–mart oylarida MDH davlatlariga ketgan O‘zbekiston fuqarolari 1,3 mln kishini tashkil etgan.

O‘zbekistonga kelgan chet el fuqarolarining asosiy qismi Qozog‘istondan 397,6 ming kishi, Tojikistondan 332,7 ming kishi, Qirg‘izistondan 298,1 ming kishi, Rossiyadan 64,7 ming kishi, Turkmanistondan 60,6 ming kishi, Ozarboyjondan 2,0 ming kishi va Belarusdan 1,2 ming kishi tashrif buyurgan. 

Uzoq xorijiy davlatlardan O‘zbekistonga kelgan chet el fuqarolarining asosiy qismi Turkiyadan 13,5 ming kishi, Janubiy Koreyadan 5,2 ming kishi, Xitoydan 3,7 ming kishi, Hindistondan 3,6 ming kishi, Yaponiyadan 1,3 ming kishi va Fransiyadan 0,9 ming kishi tashrif buyurgan. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid