O‘zbekiston | 16:06 / 01.05.2020
8310
2 daqiqa o‘qiladi

Savdo markazlariga kiraverishda sepilayotgan suyuqlik salomatlik uchun xavfli emasmi?

AOKA shtabida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a'zosi Habibulla Oqilov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida bir qator muhim savollarga javob qaytarildi.

Budjet tashkilotlarining ko‘plab xodimlari har birida 4-5 kishidan iborat bo‘lgan xizmat avtomashinalarida ishga olib ketilmoqda. Xodim qat'iy ravishda «uy-ish-uy» yo‘nalishi bo‘ylab shaxsiy mashinasida ishga kelsa, bu xavfsiz emasmi?

Bu savol, ehtimol, maxsus komissiya qarori e'lon qilinishidan oldin berilgan. Kechagi kundan boshlab shaxsiy transport vositalarining «uy-ish-uy» yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanishiga ruxsat berildi.

Qaysi me'yoriy hujjatlarga muvofiq, sanitariya-epidemiologik xizmat xodimlari haydovchilarga yetkazib berilayotgan tovarlarning yoki uy uchun xarid qilingan o‘z narsalarining to‘g‘ri qadoqlanganligi borasida ko‘rsatma bermoqda?
 
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi xodimlari yetkazib berilayotgan mahsulotlarni to‘g‘ri qadoqlash va dezinfeksiya qilish bo‘yicha ko‘rsatma emas, balki tavsiya beradilar. Aholiga esa tovarlar va mahsulotlarni ishlatishdan oldin ularni qanday qilib ochish va dezinfeksiya qilish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

Ayrim savdo markazlari va bozorlar kiraverishida sanitar darvoza o‘rnatilgan va kirishingizda qandaydir suyuqlik sepadi. Bunday sanitar darvozalarda qanday suyuqlikdan foydalanishadi? Salomatlik uchun xavflimasmi?

Yo‘q, sog‘liq uchun zararli emas, bu inson salomatligiga ta'sir ko‘rsatmaydigan dezinfeksiya vositasi.

Mavzuga oid