O‘zbekiston | 09:23 / 02.05.2020
5059
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda maktabgacha ta'limning davlat standarti tasdiqlanadi

Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standarti tasdiqlanadi.

Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Davlat standartining maqsadi – maktabgacha ta'lim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar, xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, bolalarni sog‘lom va har tomonlama yetuk voyaga yetkazish, ta'lim-tarbiya jarayoniga samarali ta'lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etish hamda ma'naviy barkamol avlodni tarbiyalashdan iborat.

Davlat standartining vazifalari quyidagilardan iborat:

Maktabgacha ta'limning mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;

milliy, umuminsoniy va ma'naviy qadriyatlar asosida tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish;

o‘quv-tarbiya jarayoniga innovatsion pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;

ta'lim-tarbiya faoliyati sifatini nazorat qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish;

maktabgacha ta'lim tashkilotlarida to‘laqonli va xavfsiz ovqatlantirishni tashkil etishga bo‘lgan gigiyenik talablarni belgilash;

maktabgacha ta'lim tashkilotlarini idoraviy qurilish me'yorlarini tartibga solish;

maktabgacha ta'lim tashkilotlarini o‘yinlar, o‘yinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa texnik, reabilitatsion vositalar bilan jihozlash;

maktabgacha ta'lim tashkilotlarida yong‘in xavfsizligini ta'minlashga qo‘yiladigan talablarga muvofiqligini ta'minlash.

Davlat standarti quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi:

tarbiyalanuvchining intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligi;

har bir bolaning, shu jumladan jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolaning maktabgacha ta'lim va tarbiya olishga bo‘lgan huquqini amalga oshirish va imkoniyatining tengligi;

davlat standartining ta'lim sohasidagi davlat va jamiyat talablariga mosligi;

maktabgacha ta'limning boshqa ta'lim turlari va bosqichlari bilan uzluksizligi va ta'lim mazmunining uzviyligi;

maktabgacha ta'lim mazmunining respublikadagi barcha hududlarda birligi va yaxlitligi;

maktabgacha ta'limning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda innovatsiya texnologiyalariga asoslanilganligi;

xorijiy mamlakatlarning ta'lim sohasida me'yorlarni belgilash tajribasidan milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid