Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qonunchilik palatasi va Senat majlislarida davlat organlari rahbarlarining axborotlarini eshitish tartibi joriy qilinadi
Bugungi kunga qadar Oliy Majlis palatalari faqat Hukumat a'zolarining axborotini eshitishga haqli.
Qonunchilik palatasining shu yil 1 may kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi yalpi majlisida mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid muhim masalalar qatorida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan ko‘rib chiqildi.
Huquqni qo‘llash amaliyotining tahlillari shuni ko‘rsatmoqdaki, garchand parlament nazoratining turli shakllari amal qilayotgan bo‘lsa-da, davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlarining faoliyatini monitoring va nazorat qilishning mukammal tizimi mavjud emas. Deputatlarning fikricha, bu holat qonun hujjatlarining bajarilishi ustidan nazorat samaradorligini pasaytirmoqda. Natijada fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishiga sharoit yaratilyapti.
Oliy Majlis va siyosiy partiyalarning demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishdagi rolini yanada kuchaytirish maqsadida qonun loyihasi bilan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi va “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi qonunlarga o‘zgartishlar kiritish taklif etilmoqda.
Qonunchilik palatasi va Senat majlislarida davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotlarini eshitish tartib-taomillarini joriy qilish nazarda tutilyapti (bugungi kunga qadar Oliy Majlis palatalari faqat Hukumat a'zolarining axborotini eshitishga haqli).
Shuningdek, ular yakunlari bo‘yicha Oliy Majlis palatalari qarorlari mazkur organlar rahbarlariga yuborilishi, Hukumat a'zolari yuzasidan qarorlar esa Vazirlar Mahkamasiga yuborilishi tartibini tatbiq etish belgilanyapti.
Qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.
Mavzuga oid
17:55 / 09.06.2026
«Svetofor - yo‘lchiroq, parol - o‘ron» - deputatlar yangi qonunni ma’qulladi
08:33 / 05.06.2026
AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish sari qadam tashladi
17:36 / 23.05.2026
O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi MDH PA sessiyasida qator tashabbuslarni ilgari surdi
11:19 / 19.05.2026