Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qonunchilik palatasida «Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi
Qonun loyihasida odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi muhim tamoyillar belgilanib, asosiy tushunchalarga aniq ta'riflar berilmoqda.
Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar yangi tahrirdagi “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqdi.
Qonun loyihasida odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi muhim tamoyillar belgilanib, asosiy tushunchalarga aniq ta'riflar berilmoqda. Bu, o‘z navbatida, odam savdosi bilan shug‘ullanuvchilarni jinoiy ta'qib etish, shuningdek, odam savdosidan jabrlanganlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda qonuniy asoslar bo‘lib xizmat qiladi.
Milliy qonunchilikda ilgari bo‘lmagan odam savdosi
jabrdiydalarini identifikatsiya qilish va ularni qayta yo‘naltirish tushunchalari alohida bobda aks etayotgani, shuningdek, voyaga yetmaganlar savdosining oldini olishning muhim jihatlari mazkur hujjatda aniq belgilanayotgani ham e'tiborga molik.
Parlament a'zolari ushbu hujjatning qabul qilinishi odam savdosi jabrdiydalari bo‘lgan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, bu borada davlat organlarining tashabbuskorligini oshirish, Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi boshchiligida vakolatli organlarning o‘zaro hamkorligini ta'minlashga xizmat qilishini ta'kidlashdi. Muhimi, odam savdosiga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida xolis va to‘g‘ri ma'lumotlarni keng jamoatchilik hamda xalqaro hamjamiyatga yetkazishga ko‘maklashadi.
Muhokamalar chog‘ida deputatlar qonun loyihasini yanada takomillashtirish yuzasidan o‘z fikrlarini bildirishdi. Fikr-mulohazalar, taklif va tavsiyalar inobatga olingan holda, qonun loyihasi birinchi o‘qishda konseptual jihatdan qabul qilindi.
Mavzuga oid
09:34 / 18.04.2026
Toshkentda odam savdosi bilan bog‘liq holat aniqlandi
14:20 / 23.02.2026
Instagram orqali aldangan qizlar: Buxoroda jinoiy guruh qo‘lga olindi
15:26 / 18.02.2026
Davlat bayrog‘ini namoyish etishda yagona talablar joriy etiladi
16:19 / 16.02.2026