Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda koronavirusga qarshi 14ta vaksina ishlab chiqarish ustida ish olib borilmoqda
Bu namunalar 80dan ortiq farmatsevtika kompaniyalari tomonidan taqdim etilgan 93ta namuna ichidan tanlab olingan.
Foto: Carl Recine / Reuters
AQShda tadqiqotchilar koronavirusga qarshi sinash uchun 14ta vaksina namunasini tanlab oldi. Bu haqda NBC telekanali xabar bermoqda.
Telekanalning bildirishicha, bu namunalar 80dan ortiq farmatsevtika kompaniyalari tomonidan taqdim etilgan 93ta namuna ichidan tanlab olingan.
Qayd etilishicha, klinik tadqiqotlar shu oyda boshlanadi. Hukumat vakillarining so‘zlariga ko‘ra, insoniyat keng foydalaniladigan uch-to‘rtta vaksinaga ega bo‘lishi mumkin.
Ayni paytda dunyoning qator mamlakatlarida koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqish ustida izlanishlar olib borilmoqda. Xususan, Germaniyada koronavirusga qarshi vaksinaning klinik tadqiqotlari birinchi bosqichida 200 nafar sog‘lom ko‘ngillilar ishtirok etmoqda.
Avvalroq Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash vaziri Mett Xenkok Oksfordda ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi vaksinaning odamlarda sinab ko‘rilishi boshlanishi haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
17:18 / 05.07.2025