Sönggi paytlarda dunyo ommaviy axborot vositalarida yangi turdagi koronavirus inqirozining dunyo siyosatiga ta'siri haqida köplab maqolalar e'lon qilinmoqda. Uşbu maqolalarning ba'zilari joriy inqirozning oqibatlariga bağişlangan bölsa, ba'zilari bugungi kungaça röy bergan voqealar asosidagi kelajak tahlillarini öz içiga oladi.

Albatta, Covid-19 epidemiyasi davrida yuz bergan inqirozning jahon iqtisodiyoti va siyosatiga qanday ta'sir qilişi masalasi juda köp omillar bilan boğliq. Uşbu parametrlar sirasiga esa AQŞ, Xitoy va Yevropa Ittifoqi (YeI) kabi global kuçlar tomonidan tibbiy va iqtisodiy muammolarni hal etiş uçun amalga oşiriladigan işlar ham kiradi. Bunda epidemiyaning qança vaqt davom etişi, qaçon uni nazoratga oliş mumkinligini aniqlaş ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Bugun inqiroz oqibatlari eng avvalo soğliqni saqlaş, iqtisodiyot va siyosiy tizimda börtib közga taşlanmoqda. Albatta, inqirozning ijtimoiy tuzilmalar va odamlarning psixologiyasiga ötkazayotgan ta'sirini ham bunga ilova qiliş mumkin.

Ta'kidlaş joizki, inqirozning barça bosqiçlarida sovuqqon böliş, aql bilan iş tutiş xalqaro siyosiy va iqtisodiy tizimga ta'sir körsatişda muhim rol öynaydi. Boşqaça aytganda, idrok bilan inqirozni boşqara oladiganlar boşqalarga qaraganda köproq ustunlikka ega böladi.

Tarixga qaytamiz. Birinçi va Ikkinçi jahon uruşlari, «sovuq uruş»ning tugaşi, 11 sentabr teraktlari va 2008/2009 yilgi jahon iqtisodiy inqirozi örganilganda, ularning har biri dunyo siyosatiga turli darajada ta'sir qilganini köriş mumkin. Ya'ni Birinçi jahon uruşi, 11 sentabr voqealari va 11 yil oldin röy bergan iqtisodiy inqiroz öşa paytdagi mavjud siyosiy tizimga u qadar katta ta'sir körsatmadi. Ammo Ikkinçi jahon uruşi avvalida köp qutbli bölgan xalqaro siyosiy tizim uruşdan söng ikki qutbli köriniş oldi – jahon siyosatining markazida bölgan Ğarbiy Yevropa, xususan, Angliya uruş yakunlangaç, öz örnini AQŞ va Sovet Ittifoqiga böşatib berdi. Natijada, Ikkinçi jahon uruşi xalqaro siyosiy tizimni tubdan özgartirib yubordi. Xuddi şunday, sovuq uruşning tugaşiga olib kelgan özgarişlar (Gorbaçyovning qayta quriş va Glasnost siyosati, Şarqiy Yevropa inqiloblari va Berlin devorining qulaşi) xalqaro siyosiy tizimni ikki qutbli tuzilmadan yagona katta kuçga aylantirdi. Keyin esa asta-sekin köp qutblilikka zamin hozirladi.

Albatta, Covid-19 epidemiyasini yuqorida qayd etilgan voqealar bilan qiyoslaş töğri bölmaydi. Zotan, u tom ma'nodagi total inqirozdir. Tabiiyki, iqtisodiyotning ğildiraklari aylanişdan töxtasa, har qanday energiya manbalariga bölgan ehtiyoj va talab yöqoladi. Şu ma'noda, neft narxlarining qulaşi hayratlanarli holat emas.