– Valijon, Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga a'zo bölişi ança oldin e'lon qilingan edi. Bu jarayon nima uçun keçikib ketdi, deb öylaysiz? Taşkilotga a'zo böliş talablari yuqori bölgani uçun Özbekiston buni bajara olmayaptimi yoki masalaning boşqa omillari bormi, sizningça?

Valijon TÖRAQULOV, Inha Universiteti xalqaro savdo böyiça doktoranti (Janubiy Koreya):

Valijon Töraqulov

— Bugungi kun uçun juda dolzarb bölgan va javobi özimizni ham qiziqtirayotgan savol berdingiz. Odatda ilmiy işlar qilinayotganda bir davlatning holatini örganiş uçun şu davlatga öxşagan boşqa bir davlatning holati örganilsa, bu davlatga ham tatbiq qiliş mumkin böladi. Nega Qozoğistonning Jahon savdo taşkilotiga qöşilişi uçun 19 yil ketdi, degan savolni qöyib, ilmiy iş qilganimda ba'zi bir sabablar yuzaga çiqdi va şu sabablarni hozir Özbekiston uçun ham körsatiş mumkin.

Birinçi sabab, bilasiz, 1994 yili Özbekiston JSTga a'zo bölaman deb ariza bergan. 1996 yili Qozoğiston va Qirğiziston ariza bergan. 1998 yilda — atigi ikki yil içida Qirğiziston JST çiptasini qölga kiritdi. 1998 yilda rublning qadrsizlanişi kuzatilgan. Osiyo, ayniqsa, Şarqiy Osiyo — Koreya tomonlarda katta moliyaviy inqiroz bölgan. Şularning natijasida, hammasi yiğilib-yiğilib, aynan Qirğiziston JSTga a'zo bölgandan keyin qandaydir bir yomon iqtisodiy natijalarga olib kelgandek bölib qoldi. Ya'ni, Qirğiziston bu taşkilotdan köp foyda olmadi, degan xulosa barça Örta Osiyo davlatlarida paydo böldi.

1994 yiliyoq ariza topşirgan uçun Özbekiston, Tojikiston — hammasining şaşti qaytdi. Demak, ozgina kutamiz, ozgina vaqt kerak ekan, deb öylaşdi. Mana şu vaqt, afsuski, Qozoğiston uçun 19 yilga teng böldi. Özbekiston uçun esa hali ham tugagani yöq. Qirğiziston JSTga a'zo böldi, lekin iqtisodiy jihatdan gullab-yaşnab ketgani yöq, degan sabab yuzaga keldi.

Ikkinçidan, 2006 yilda Qozoğiston yana a'zo bölamiz deb öz harakatlarini boşlagan. Lekin Rossiyaning orzusi Qozoğistonga tösqinlik qilib qöygan.

Bu orzu qanday edi? Rossiyaning orzusi oldingi sovet davlatlari bilan birgalikda savdo blokini hosil qiliş edi. Öz örnida, Qozoğiston uç tomonning orasida qolib ketdi. Bir yoqdan asosiy savdo şeriklaridan biri Xitoy, boşqa yoqdan Yevropa va tepadan Rossiya.