Prezident Oqoltin va Mirzaobod tumanlaridagi mahallalarni borib ko‘rdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatiga safari davomida suv toshqinidan jabrlangan yana ikki tumanda - Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida ham bo‘ldi.
Mutasaddi xodimlar favqulodda hodisa yetkazgan zarar, ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar haqida axborot berdi.
Suv toshqini tumanning «Shodlik» va «Ahillik» mahallalari hududini ham bosgan edi. Ularda yashayotgan 11 mingdan ziyod aholi Guliston shahri hamda Jizzax viloyatining Mirzacho‘l va Do‘stlik tumanlariga evakuatsiya qilindi. Ushbu noxush voqea oqibatida tumandagi jami 13 ming 397 gektar paxta, g‘alla va poliz ekinlariga zarar yetgan.
Davlat rahbari mutasaddilarga har bir xonadon egalari bilan gaplashib, ularning uy-joylarini ta'mirlash, yaxshi sharoiti mavjud xonadonlarga aholini qaytarish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Mirzaobod tumanida nuroniylar, mahalla oqsoqollari va faollari, jamoatchilik vakillari bilan uchrashuv bo‘ldi.
Bu hudud ham suv toshqini katta ta'sir ko‘rsatgan hududlardan biri. «Navbahor», «Haqiqat», «Bahoriston» hamda «Yo‘ldoshobod» mahallalarida yashovchi qariyb 15 ming aholi tumanning «Yangiobod» mahallasi hamda Yangiyer shahriga joylashtirilgan. Jami 7084 gektar qishloq xo‘jaligi maydoniga zarar yetgan.
Prezident qurilish-ta'mirlash ishlarini xalq bilan maslahatlashib amalga oshirish, dehqon va fermerlar muammolarini joyiga chiqqan holda hal etish zarurligini ta'kidladi.
Aholi vakillari davlat rahbariga shunday qiyin vaziyatda xalq bilan birga bo‘lgani, qisqa vaqtda katta ishlar qilinib, hayot izga tushayotgani uchun minnatdorlik bildirdi.
Shu yerda hukumat a'zolari, mutasaddi rahbarlar bilan qishloq xo‘jaligi maydonlarini qayta foydalanishga kiritish, shikast yetgan yo‘l va ko‘priklarni ta'mirlash masalalari muhokama qilinib, chora-tadbirlar belgilandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytib keldi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bahor mavsumida qancha daraxt ko‘chatlari o‘tqazilgani aytildi
O‘zbekiston | 10:28
-
Turkiya Putin va Zelenskiy tayyor bo‘lsa, ularni qabul qilishga tayyor
Jahon | 10:26
-
Maktab o‘rniga “dom”, 167 jabrlanuvchi va aldanib ko‘r bo‘lib qolgan ayol. Toshkentda “novostroykachi”larga nisbatan yirik sud ishi boshlandi
Jamiyat | 09:41
-
Farg‘onada budjetdan ajratilgan subsidiya talon-toroj qilingani aniqlandi
Jamiyat | 09:40
Mavzuga oid

13:18 / 02.04.2025
Sirdaryoda ag‘darilgan yuk mashinasida qolib ketgan haydovchi qutqarildi

16:53 / 28.02.2025
Sirdaryoda uch egizak tug‘ildi

19:47 / 27.02.2025
Abdurahim Umarov Mirzaobod tumani hokimi etib tayinlandi

10:09 / 07.11.2024