Kuba prezidenti Fidel Kastro Rus tan olgan, Rossiya estrada yulduzi Alla Pugaçyova ta'zim qilgan, ukrainalik aka-uka boksçi Kliçkolar otasi sifatida köradigan, saxovatpeşalik böyiça dunyoga dong tarqagan qoraqalpoğistonlik Allaniyaz Uteniyazov haqida eşitganmisiz?
Ha, bir vaqtlari xorijiy va mahalliy ommaviy axborot vositalarida bu inson haqida köp yoritildi, lekin uning fenomeni hali töla örganilmadi.
Allaniyaz Uteniyazov 1936 yilda Qoraqalpoğistonning Kegeyli tumani Qazayaqli qişloğida dehqon oilasida dunyoga kelgan. 1950 yil oxirlarida Qoraqalpoq davlat pedagogika institutining roman-german fakultetining ingliz tili yönalişida tahsil olgan. Uning nomi talabalik yillaridan çiqa boşladi. Paxta yiğim-terim paytida bir kunda 400 kilogaça paxta (bu tasdiqlangan fakt), 1 ming 200 kilogaça paxta ğözasini tergan Allaniyazga “kombayn” deb nom berişdi. Boşqa eng ilğor terimçi deganlarning özi bir mavsumda 2,5-3 tonna paxta tersa, Allaniyazning marrasi 12-15 tonna böldi. Terilgan paxta uçun berilgan pullarni u xayriya işlariga sarf qilardi.
U birinçi kursni tugatgandan keyin yozgi ta'til paytida qişloğidagi Qurbaniyazovlar oilasiga uy qurib berdi. Bu uning birinçi marta qurgan uyi edi. Xizmatiga heç qanaqa haq olmadi.
1962 yilda institutni tamomlab öz qişloğidagi 4-umumta'lim maktabida ingliz tili öqituvçisi sifatida boşlab, 42 yil davomida dars berdi.
Fidoiy ustoz öquvçilarga dars ötiş bilan bir qatorda qişki va yozgi ta'til paytlarida yolğiz boşli, yordamga muhtoj 42 nafar qariyaga uy qurib berib, bu mehnatlari uçun bir söm ham haq olmagan. Şuningdek, u bitta özi 2 ta maktab, 2 ta akuşerlik punkti, 2 ta bolalar boğçasi va bitta kutubxona qurdi. Undan taşqari 174 ta xonadonning uylarini kapital ta'mirlagan. Hamma qurgan uylari uçun şaxsan özi heç qanday texnikalarning yordamisiz 860 ming dona ğişt quygan. Bu işlarining barçasini bepul, bitta özi amalga oşirgan.
Allaniyaz Uteniyazov haqida Özbekistondagi deyarli barça gazeta-jurnallarda maqolalar çop etildi, televideniye va radiolarda tinmasdan tarğib qilindi. Sobiq Ittifoqdagi köp adadli “Pravda”, “Komsomolskaya pravda”, “Semya” va boşqa naşrlarda qator maqolalar çop qilingandan keyin uni butun dunyo taniy boşladi. Xususan, “Pravda” gazetasining 1985 yil 29 sentyabr sonida çop qilingan “Lik dobroty” (muallifi xalq yozuvçisi, Özbekiston Qahramoni Tulepbergen Qaipbergenov) maqolasidan söng Allaniyaz Uteniyazov nomiga dunyoning turli burçaklaridan maktublar oqilib kela boşladi.
Mavzuga oid
Şu paytdagi Kuba davlati rahbari Fidel Kastro Rus: “Siz öz insoniylik mehnatingiz bilan barça odamzod bolasidan juda yuqori turasiz. Bu işlaringiz yoş avlodlarni tarbiyalaşda namuna böladi. Men sizga tan beraman...” deb yozdi. Rossiya estrada primadonnasi Alla Pugaçyova: “Sizning xolis xizmatlaringiz men uçun ibrat, minnatdorman. Sizdek odamning yurtimizda bor ekanligiga quvonaman. Xalqqa bepul qilgan mehr-şafqatingiz oldida ta'zim qilaman...” desa, maşhur Muslim Magomayev: “Muhtaram, muallim. Sizni va oila a'zolaringizni 1 may bayrami bilan çin dildan qutlayman. Sizga teran soğlik tilayman. Özingizning xayriya-saxovat işlaringizni, bor aql-iste'dodingiz bilan davom ettira bergaysiz. Siz XX asrning Prometeyisiz... (Prometey olov öğirlab odamlarga yaxşilik körsatgan yunon mifologik qahramoni)” deb eng iliq dil sözlarini izhor etib telegramma yöllagan.
Argentinalik millioner Sapun esa öz maktubida: “Mening qöl ostimda 4 ming kişi işlaydi. Argentinada eng boy odamlardan biriman. Xususiy mol, parranda fermalarim, fabrikalarim bor. Lekin, mening boyligim sizning boyligingiz qoşida çirik dunyodir. Sizning insoniylik ma'naviy boyligingiz heç qaçon ölmaydi, çirimaydi, mangu qoladi. Sizning qilgan xizmatingiz dunyoda katta yangilik böldi. Öqib körib, hayron qoldim. Menga katta turtki böldi. Men ham xayr-saxovatli bölişga bel boğladim. Mening sizga uçta savolim bor. Şunga javob berişingizni iltimos qilaman:
1. Bu işlarni öz xohişingiz bilan amalga oşirasizmi yoki birov işla deb aytadimi?
2. Sizda qanday kuç bor?
3. Mahalliy aholi bu işlaringizga qanday qaraydi?” degan.
Ikki karra sobiq Kengaşlar Ittifoqi Qahramoni A.Ryazanov: “Öqituvçilar qurultoyiga kelsang, bolangni ham ola kel. Bizning xonadonning eşigi siz uçun hamişa oçiq” deb, xatiga javob yozişni sörasa, boks böyiça jahon çempioni Vitaliy Kliçko: “Sizning xalqingizga qilgan xayrli işlaringizni eşitib, biz jahon ringidagi ğalabalarimiz haqida aytişga or qilyapmiz. Sababi siz 30-35 yil öz hayotingiz davomida qanday qilib bölmasin ojiz va kambağal kişilarga yordam qilyapsiz. Biz esa öz “işimiz”da 30-35 minut raqibimizni döpposlaşimiz kerak. Aynan şuning uçun, ukam Vladimir bilan birga sizni otamiz sifatida köramiz. Siz biz uçun ideal odamsiz. Men har doim ringga jangga çiqişdan avval sizni tasavvur qilaman va Sizga işonaman. Şu paytda özimga kuç-quvvat töplagandek sezaman va ğolib bölaman” deydi.
Bu plakat bir vaqtlar Özbekiston böylab tarqatilgan. Unda uylari qurib berilgan odamlar va qahramonning özi tasvirlangan
Jami miqdorda Allaniz Uteniyazov nomiga dunyoning har xil davlatlaridan 1500 dan ortiq maktub kelgan. Ularning barçasiga javob yozgan.
* * *
Allaniyaz Uteniyazovning işlari 1963 yildayoq davlat rahbarlarining e'tiborini tortadi. U paytda Ittifoqni N.Xruşyov boşqarib turardi va makkajöxori ekiş avjiga çiqqan edi. Allaniyaz Uteniyazov bironta kimyoviy öğit qöllanmasdan makkajöxorini 5-6 metrgaça östirgan, har donasidan möl hosil olgan. Bu butun ittifoqdagi rekord körsatkiç bölgan. Uning qilgan işlari Şarof Raşidovning quloğiga ham yetib borgan.
Allaniyaz ota haqida yozilgan “Allaniyaz Qaharman – adamgershiliktiң joqarğy shyңy” (Allaniyaz Qahramon – insoniylikning yuksak çöqqisi) kitobida (muallifi Eliza Dauletmuratova va Allambergen Dauletmuratov) şunday qiziqarli ma'lumot beriladi:
“Allaniyaz hattoki maktabdan olgan maoşini ham kambağal oilalarga işlatib yuborgan. Uning turmuş örtoği ham öziga öxşaş rahmdil inson bölgan, erining işlarini doimo qöllab kelgan.
Makkajöxori böliq bölgandan keyin şu paytdagi Qoraqalpoğiston obkomining birinçi kotibi Qallibek Kamalov, Moskvadan, Toşkentdan muxbirlar tez-tez kelib turardi. Ular qurilgan uylarni, dalalarni suratga olardi.
Bir kuni makka dalasiga Şarof Raşidov keldi va makkani körib, Allaniyazdan “bunga qança azot berasiz?”, deb söradi:
- Azot topiş qiyin, mol göngi beraman. Anavi çuqurni göng bilan töldiraman. Şahardagi sanoçistka maşinalari göngni qumlarga olib borib tökmoqda, şular bilan kelişib çuqurning içini töldirib, ustidan makkaga suv qoçiraman. Qarabaraq degan ösimlik şör yerda ösadi. Çuqurga şuni taşlayman. U göngni tezda çiritib, köpirtirib çiqartiradi. Buning tarkibida azot va kaliy tuzlari bor. Ota-bobolarimiz sovun bölmagan zamonda kiyimlarni şu ösimlikning suviga yuvgan, — deganda Şarof Raşidov lol qolib, juda minnatdor böladi.
– Seni tuğgan ota-onangga rahmat. Ota-onang bormi?
– Uyimda yolğiz onam bor. Otam frontda halok bölgan.
– Onangga salom beraylik. Onangni körsat, — deydi Şarof Raşidov.
– Uyim şu ovulda, ta'mirtalab. Qölim tegmayapti. Özim ğarib insonlarga bepul uy qurib beryapman, — deydi Allaniyaz.
Söng Ş.Raşidov uyiga borib, onasiga salom beradi.
– Bu yigit uyiga qaramas ekan. Boşqalarga uy qurib yurib, öz uyiga vaqti bölmas ekan. Unda Allaniyazovga özing uy qurib bergin, — deb Qallibek Kamalovga topşiriq beradi.
Şu voqeadan keyin Allaniyazning ekkan makkasini köriş uçun Xorazm, Buxoro viloyatlaridan odamlar kela boşlaydi. Şu yerda körgazma taşkil qilinadi. San'atkorlarning ham izi uzilmaydi. Maşhur xonanda Komiljon Otaniyozov ham Xivadan kelib konsert uyuştiradi.
1964 yilda Xruşyov işdan böşaydi, makkajöxori masalasi ham sekin muhimligini yöqota boşlaydi. Şu paytda kolxoz raisi “endi makka ekmaymiz, pomidor ekamiz” deb Allaniyazning 40 gektar yerini olib qöyadi. Kolxoz raisi undan xafa ekan. Sababi, Şarof Raşidov kelgan paytda u kolxoz raisiga xabar qilmagan ekan. “Heç bölmasa 5 gektar yer bering, men ham pomidor ekay” desa ham aytganini qilmaydi. “Boradigan yeringga bor, senga yer yöq” deb pöpisa qiladi.
Keyin Allaniyaz gorkomga boradi, u yerda ham “pomidorni kolxoz işçilari ekadi, sen maktabing bilan böla ber” deb qaytaradi. Qallibek Kamalov u paytda ovulda bölmaydi. Allaniyaz endi bir madad Raşidovdan, deb Toşkentga borişga ahd qiladi va maktab direktoridan ruxsat sörasa, u tuman xalq ta'limi bölimidan söra, deydi. Tuman xalq ta'limi bölimiga kelsa ular ham rad etadi. “Agar Toşkentga ketsang, işdan haydalasan” degan javob eşitadi.
Söng tavakkal qilib, Toşkentga uçadi. ÖzLKSMning birinçi kotibi R.Abdullayevning oldiga boradi. Abdullayevni u doim yiğilişlarda körardi. U ham buni yaxşi tanirdi. Unga masalani tuşuntiradi. Abdullayev Allaniyazni respublika rahbarining oldiga olib kiradi.
Ş.Raşidov yaxşi kutib oladi. Ahvollarini, makkani söraydi. U barini aytadi, yerini olib qöyganini va pomidor ekiş uçun bermayotganini va hokazo.
Raşidov darhol göşakni kötarib Q.Kamalov bilan gaplaşadi:
– Menga odamlar amal, maşina sörab kelardi. Allaniyaz Uteniyazov esa yer sörab keldi. Dehqonçilik qilmoqçi. Qoraqalpoğistonda yer ozmi? Uning dehqonçilik qiliş qölidan keladi. Nima, unda endi uning tajribasini Farğonada qöllaylikmi? – deydi.
– Mening bundan xabarim yöq edi, yer beramiz. Şaroitini ham qilib beramiz. Ötgan yili uyini qurib berdik, — deydi Q.Kamalov.
Söng göşakni örniga qöyib:
– Allaniyaz, senga rahmat, yer beradi. Mehnatingni körsat xalqqa. Biz sizdek yoşlarni qadrlaymiz, Işing hal böldi, endi qaytaver. Omad yor bölsin, — deydi.
– Men uç kun darsdan qolib ketdim. Ruxsat sörasam, javob berişmadi. Meni tuman xalq ta'limi bölimi, maktab direktori işdan böşatgan bölsa ham kerak, — deydi.
– Böşatmaydi. Mana bu qoğozni tuman xalq ta'limi bölimi boşliğiga körsat, — deb özining vizit kartoçkasini beradi.
Ertasiga maktabga borsa, işdan böşatilganligi haqida buyruqni koridorga ildirib qöyişgan ekan. Tuman xalq ta'limi bölimiga borsa, işdan böşatilding, deydi. “Men Toşkentga bordim. Şarof Raşidovning oldiga kirdim” desa işonmaydi.
Qaytanga “Raşidov seni nima qilsin? Uning sendan boşqa işi yöq ekanmi?” deb kalaka qiladi.
Söng vizit kartoçkasini körsatganda, tuman xalq ta'limi bölimi boşliğining közlari xonasidan çiqib ketay deydi va özi maktabga kelib, direktor bilan gaplaşib buyruqni bekor qildiradi. Keyinçalik kolxoz yer ham berdi. Poliz ekadi. Pomidorlar kosaday unib çiqadi.
* * *
Oliyjanob insonni Özbekistonning Birinçi Prezidenti Islom Karimov ham qadrlagan. “Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuç” kitobida uni Behbudiy, Munavvarqori, Avloniy, Çölpon, Fitrat va boşqa buyuklar qatorida köradi.
Şunça işlarni bajarib yurgan Allaniyaz maktabdagi darslarini biron marotaba bölsayam qoldirmagan. Hattoki, bir vaqtlari tuman maktablarida ingliz tili fani öqituvçisi yetişmay qolgan. Şunday paytlarda orasi 4-5 km keladigan 3 ta maktablarga qatnab işlaşiga töğri kelgan va u buni doimo uddalab kelgan. Yana maktablar orasiga piyoda qatnagan. Mana şu kasbida u 42 yil faoliyat yuritgan.
Allaniyaz Uteniyazov butun umri davomida qöli mehnatdan böşamadi. Faqat 2001 yilda bir martagina Farğonaga sanatoriyaga borgan. Unda ham tuman hokimi tezda çaqirtirib olgan. Sababi uni “Özbekiston Qahramoni” yuksak davlat mukofotini topşiriş marosimiga qatnaşiş uçun Prezident devonidan izlaşayotgan edi.
Uning hayoti davomidagi qilgan işlari yuksak ibrat namunasidir. Agar uning hayoti davomida amalga oşirgan xayr-saxovat işlari hujjatlaştirilib tegişli organlarga topşirilganida u xalqaro mukofotlarga ham sazovor bölişi mumkin edi. Lekin, şaxsan özi qilgan işlarini köz-köz qilişni umuman yoqtirmagan.
2000 yilda Qoraqalpoğistonga oğir keldi. Hududda ekologik qiyinçilik, suvning yetişmovçiligi yuzaga kelgan bir paytda u 15 gektar maydonda “Saxovat” nomli boğdorçilik fermer xöjaligini taşkil qildi va unda har xil meva, poliz mahsulotlarini yetiştirdi. Suvsizlik paytida kanalning tubida qolgan suvlarni qölda taşib boğdagi ekinlarini suğordi. Undan olingan mahsulotlarni mehribonlik va muruvvat uylariga bepul tarqatdi. Boğ hozirda uning bolalari tomonidan parvarişlanib kelinmoqda.
Allaniyaz Uteniyazovning xizmatlari hukumat tomonidan yuksak baholandi. U “Özbekiston xalq öqituvçisi“, “Qoraqalpoğistonga xizmat körsatgan öqituvçi”, “Özbekiston seleksioneri“, “Mehnat qahramoni“ ordenlari bilan taqdirlangan. 2001 yilda “Özbekiston Qahramoni” unvoniga sazovor böldi.
Allaniyaz Qahramon ortida ölmas buyuk meros qoldirib 2006 yilda vafot etdi. Uning ismi hamişa ğurur bilan tilga olinadi. Biz uçun Allaniyaz ismi saxovatlikda hotamtoyga tengdir.