Özbekistonning ayrim joylarida bolalar maktabga boriş uçun har kuni piyoda 30 daqiqadan 2 soatgaça vaqt sarflaydi. HAYOT Foundation loyihasi doirasida Qoraqalpoğiston Respublikasi, Surxondaryo, Qaşqadaryo, Samarqand viloyatlarining çekka hududlaridagi 4 ta maktabga avtobuslar topşirildi. Bu transport vositasi bolalarning maktabga borişini yengillaştiriş va ularning xavfsizligini ta’minlaşga xizmat qiladi.

Qoraqalpoğiston Respublikasining Möynoq tumanidagi 18-maktabda öqiydigan aka-uka Kuvanişboy va Rustam Kuvatbayevlar maktabga boriş uçun kuniga 26 kilometr yölni piyoda yoki velosipedda bosib ötişadi.

“Piyoda borsak 2,5-3 soatda boramiz. Bemalol yursak 3 soat vaqt ketadi. Velosipedda 1 soatda, maşinada uzoği 20 minutda yetib boramiz. Qişda qiyin böladi, qor yoğganda sirğanamiz, qörqamiz”, – deydi Rustam.

Ma’lumotlarga köra, Özbekistondagi 146 mingdan ziyod öquvçi darsga piyoda boradi va ayrim joylarda bolalar maktabga boriş uçun har kuni 30 daqiqadan 2 soatgaça vaqt sarflaydi.

HAYOT Foundation ijtimoiy platformasining “Maktabga xavfsiz harakat” loyihasi aynan şu muammoga yeçim topişga qaratilgan.

23 aprel kuni platformaning işga tuşirilişi va uning birinçi amaliyoti sifatida “Maktabga xavfsiz harakat” loyihasiga start berildi. Loyiha doirasida Qoraqalpoğiston, Surxondaryo, Qaşqadaryo va Samarqand viloyatlaridagi çekka hududlarga 4 ta maktab avtobusi topşirildi. Taqdim etilgan avtobuslar bolalarning maktabga borişini yengillaştirişi, eng muhimi xavfsizligini ta’minlaşi kutilmoqda.

HAYOT Foundation öz faoliyatini inson hayoti, tabiat va madaniy muhit kabi yönalişlarda olib boradi. “Maktabga xavfsiz harakat” esa şu yönalişlardagi amaliy işlarga ötişning birinçi namunasi.

“HAYOT Foundation – ijtimoiy taşabbuslarni qöllab-quvvatlaş, turli ijtimoiy loyihalarni hayotga tatbiq etiş böyiça maxsus platforma hisoblanadi. Davlat taşkilotlari va xususiy sektor vakillarini birlaştiradigan, barça muammolarga özini yeçimi bilan yordam beruvçi yangi tizimdir. Biz asosiy uç yönalişda faoliyat yuritamiz: inson hayoti, tabiat hayoti, madaniy hayot yönalişlarida turli loyihalarimiz mavjud. Bugungi tadbirda uzoq tumanlarda istiqomat qiluvçi bolalar uçun maktab avtobuslari sovğa qilindi.

Yangi öquv yili boşlanişiga qadar, taxminan avgust oylarida 2-bosqiç amalga oşiriladi. Çekka hududlardagi uzoq masofalarda ta’lim oladigan bolalarimiz uçun ham maxsus avtobuslar yetib boradi. 1-bosqiçda Qoraqalpoğiston respublikasi Möynoq tumani, Qaşqadaryo viloyati Kitob tumani, Surxondaryo viloyati Termiz tumani va Samarqand viloyati Nurobod tumanlarini qamrab oldik. Uşbu hududlardan bittadan maktablarni tanlab oldik. Kelgusi bosqiçlarda izlanişlar davom etadi. Bu sohada hamkorlarimiz maktab va maktabgaça ta’lim vazirligi mutaxassislari bilan hududlarni yana örganamiz. Şundan kelib çiqib 2-bosqiç uçun maxsus röyxat şakllantiramiz”, – deydi loyiha rahbari Kamoliddin Beknazarov.

Platformaning oçiliş marosimida bir qator vazirlik va taşkilotlar bilan hamkorlik memorandumlari ham imzolandi.