O‘zbekiston | 09:53 / 04.05.2020
1984
2 daqiqa o‘qiladi

Startaplarni tashkil etish va rivojlantirishni rag‘batlantirish uchun davlat dasturlari ishlab chiqiladi

Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda videokonferensaloqa tarzida tadbir o‘tkazdi.

Foto: Shutterstock

Unda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida istiqbolli innovatsion ishlanmalarni rag‘batlantirish va jadal rivojlantirishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbirda yuqori samarali va qayta tiklanadigan keng ko‘lamli biznes modellarini izlash va qo‘llab-quvvatlashga mos ekotizim yaratish masalalari, moliyaviy mexanizmlarni huquqiy tartibga solishning prognoz modellari muhokama qilindi. Unda O‘zbekiston Respublikasining “Startaplar to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi ko‘rib chiqildi. Qonun loyihasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

startap-ekotizimni rivojlantirish uchun qulay ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlar yaratish;

boshlang‘ich ekotizimni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni belgilash va chora-tadbirlarni amalga oshirish;

startaplarni tashkil etish va rivojlantirishni rag‘batlantirish uchun davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish tartibini belgilash;

startap-ekotizim qatnashchilarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish mexanizmlarini shakllantirish;

venchur industriyasini rivojlantirish va hamkorlik tashkilotlarini rag‘batlantirishda yordam berish shakllarini aniqlash va boshqalar.

Tadbir yakunida tayyorlangan qonun loyihasining istiqboli va ahamiyatiga ko‘ra, uni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan kelishuv tartib-taomillari asosida tezroq yakunlash va Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritish zarurligi to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid