O‘zbekiston | 09:47 / 04.05.2020
1738
6 daqiqa o‘qiladi

Tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilgan infratuzilma yaratish xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi

Tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilgan infratuzilma yaratish xarajatlarining bir qismini qoplab berish chora-tadbirlari qabul qilinadi.

Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilgan infratuzilma yaratish xarajatlarining bir qismini qoplab berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Qayd etilishicha, prezidentning “2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida” 2020 yil 2 martdagi PF-5953-son farmoni bilan 2020 yil 1 iyundan boshlab tadbirkorlarning infratuzilma barpo etish bo‘yicha xarajatlarining bir qismi uchun kompensatsiya to‘lash mexanizmlari joriy etilishi belgilangan.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilgan infratuzilma yaratish xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi:

Tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilgan infratuzilma yaratish xarajatlarining bir qismini qoplab berish uchun kompensatsiya mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ajratish;

kompensatsiya mablag‘larini olish bo‘yicha arizalarni qabul qilish, ko‘rib chiqish, hisoblash va to‘lab berish uchun tuman (shahar) ishchi komissiyalar faoliyatini tashkil etish;

infratuzilma yaratish xarajatlarini aniqlash, kompensatsiya mablag‘larini hisoblash va ularni to‘lab berish tartibi.

Tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilgan infratuzilma yaratish xarajatlarining bir qismini qoplab berish bo‘yicha tuman (shahar) ishchi komissiyasining namunaviy tarkibi tasdiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Energetika vazirligi, “O‘zsuvta'minot” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududgazta'minot” AJ tegishliligi bo‘yicha ichimlik suvi, oqava suv, elektr energiya va tabiiy gaz tarmoqlari va inshootlari bo‘yicha tadbirkorlar tomonidan o‘z mablag‘i hisobiga infratuzilma obektlarini barpo etishda markazlashtirilgan tizimlariga ulanish va o‘zlarining ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) maydonlariga tarmoqlarni tortish va zarur inshootlarni qurish, shuningdek, lokal tizimlarni qurish yo‘nalishida:

amaldagi tartiblarni takomillashtirish;

belgilangan texnik qoidalarga rioya etilishi ustidan hududiy tashkilotlarining nazorat tadbirlarini muvofiqlashtirish va takomillashtirish;

obektlarni belgilangan tartibda foydalanishga qabul qilish dalolatnomalarini hududiy tashkilotlari tomonidan belgilangan tartibda imzolanishini ta'minlash;

amalga oshirilgan xarajatlarni loyiha smeta hujjatlariga muvofiqligi bo‘yicha hududiy tashkilotlari tomonidan komissiyaga xulosalarni muddatida taqdim etilishini nazorat qilish;

hududiy tashkilotlari tomonidan yangidan barpo etilgan tarmoqlar va inshootlar orqali tadbirkorlik sub'yektlariga, ularning ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) ehtiyojlariga muvofiq, uzluksiz va yetarli darajada xizmatlar ko‘rsatilishini tashkil etish vazifasi yuklatiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

2020 yilda O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan kompensatsiya mablag‘lari uchun 25,0 mlrd.so‘m mablag‘ ajratilishini ta'minlaydi;

2021 yildan boshlab, har yili Davlat budjetining asosiy parametrlarini shakllantirishda kompensatsiya mablag‘lari uchun O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetida mablag‘ rejalashtirilishini ko‘zda tutadi;

Hududiy moliya organlari tomonidan taqdim etilgan talabnoma asosida kompensatsiya mablag‘lari to‘lovi uchun zarur mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetida mazkur maqsadlar uchun ko‘zda tutilgan mablag‘lar doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjeti va Toshkent shahar shahar budjetlariga o‘tkazadi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalari tomonidan kompensatsiya mablag‘lari to‘lovi uchun O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratilgan mablag‘larni belgilangan tartibda va muddatlarda tuman (shahar)lar mahalliy budjetlariga hamda tuman (shahar)lar hokimliklari moliya bo‘limlari tomonidan ushbu mablag‘larni tuman (shahar)lar hokimliklarining shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga ajratilishini nazorat qiladi;

kompensatsiya mablag‘lari uchun ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish ustidan qat'iy nazorat o‘rnatadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:

tuman (shahar)lar hokimlari rahbarligidagi komissiyalar faoliyatini tashkil etish hamda to‘laqonli, shaffof va adolatli tarzda faoliyat ko‘rsatishini ta'minlash;

komissiya a'zolari faoliyatini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar darajasidagi yuqori tashkilotlari orqali muvofiqlashtirilishini va nazorat qilinishini ta'minlash;

tuman (shahar)lar hokimlari rahbarligidagi komissiya tomondan kompensatsiya mablag‘larining to‘g‘ri hisoblanishi va belgilangan muddatlarda tadbirkorlarga o‘tkazib berilishini nazorat qilish;

2020 yildan boshlab, kompensatsiya mablag‘lari uchun O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratilgan mablag‘lar yetishmagan taqdirda, yetishmagan qismini mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manbalari hisobidan qoplanishini ta'minlash bo‘yicha mas'uldir.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid