Sönggi yillarda Vetnam Osiyoning eng tez rivojlanayotgan iqtisodiyotlaridan biriga aylandi. Mamlakatda quriliş bumi kuzatilmoqda — yangi aeroportlar, yirik terminallar, stadionlar, avtomagistrallar va boşqa infratuzilma obektlari ketma-ket barpo etilmoqda. Jahon banki prognozlariga köra, iqtisodiy ösiş yaqin yillarda ham davom etişi kutilmoqda.

Ana şu şaroitda Vetnam hukumati mamlakatning şimoli va janubini boğlaydigan ulkan tezyurar temiryöl quriş taşabbusi bilan çiqdi. Loyiha Xanoy, Danang va Xoşimin kabi asosiy iqtisodiy markazlarni birlaştiradigan 1541 kilometrlik magistralni öz içiga oladi.

Hozirgi temiryöl tizimi XIX asr oxirida Fransiya mustamlakaçiligi davrida qurilgan infratuzilmaga asoslangan. Mamlakat haligaça deyarli öşa temiryöl tarmoğidan foydalanib kelmoqda. Bugungi kunda temiryöl yuk taşişning atigi 6 foizini ta’minlaydi, çunki tizim juda sekin va eskirgan. Xoşimindan Xanoygaça bölgan safar ba’zan 35 soatgaça çöziladi. Köplab yönalişlar bir izli bölib qolmoqda va doimiy ta’mir talab qiladi.

Yangi magistral işga tuşsa, ikki yirik şahar örtasidagi safar vaqti taxminan 6 soatgaça qisqaradi. Loyiha nafaqat transport tizimini yaxşilaşi, balki mamlakat iqtisodiyotiga ham katta ta’sir körsatişi kutilmoqda. Mutaxassislar fikriça, tezyurar temiryöl qişloq hududlarini yirik şaharlar bilan yaqinlaştiradi, mehnat bozorini faollaştiradi, savdo hajmini oşiradi va investitsiya oqimini kuçaytiradi.

Vetnam bu borada Yaponiyaning maşhur “Sinkansen” tezyurar poyezdlari tajribasidan ilhomlanmoqda. 1960-yillarda Yaponiya eski temiryöllarni modernizatsiya qiliş örniga mutlaqo yangi yuqori tezlikdagi magistral qurişga qaror qilgan edi. Natijada “Sinkansen” mamlakat iqtisodiy möjizasining muhim omillaridan biriga aylandi. Bugun uşbu tizim yiliga 400 milliondan ortiq yölovçi taşiydi va ulangan hududlarda mehnat unumdorligi taxminan 20 foizga oşgani qayd etilgan.

Biroq Vetnamdagi loyiha oldida jiddiy muammolar ham bor. Mamlakat hududining katta qismi toğlar, daryolar va botqoqliklardan iborat. Mutaxassislar ma’lumotiga köra, Vetnam yerlarining faqat 20 foizi nisbatan tekis hudud hisoblanadi. Şu sababli temiryölning qariyb 10 foizi tunnellar orqali, 60 foizi esa köprik va estakadalar ustida quriladi. Bu esa quriliş xarajatlarini keskin oşiradi.

Quriliş işlariga iqlim özgarişi bilan boğliq xavflar ham ta’sir körsatmoqda. Tayfunlar, köçkilar va toşqinlar Vetnam uçun tobora jiddiy muammoga aylanib bormoqda. Şuningdek, magistral Mekong daryosi deltasi orqali ötişi rejalaştirilgan bölib, bu hudud yumşoq va beqaror tuproqlari bilan maşhur.