Toshkent viloyatida ko‘cha bo‘ylab bir paket giyohvandlik moddasi bilan yurgan shaxs ushlandi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
2020 yilning 10 aprel kuni Toshkent viloyati Chinoz tumani IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir olib borilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilmoqda.
Tadbir davomida 52 yoshli Z.A. Chinoz tumani A.Temur ko‘chasi bo‘ylab piyoda ravishda harakatlanib ketayotgan vaqtida shubha ostiga olinib xolislar ishtirokida uning qo‘lida bo‘lgan polietilen paket ichi ko‘zdan kechirilganda, paket ichida ho‘l holdagi vazni 1055,94 gramm bo‘lgan “marixuana” giyohvandlik vositasini olib ketayotganligi aniqlanib, tegishlicha rasmiylashtirilib olingan.
Holat yuzasidan Chinoz tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, Z.A. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.
Mavzuga oid
08:30 / 04.11.2024
DXX Toshkent viloyatida giyohvandlik vositalari noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi
13:30 / 09.10.2024
Giyohvandlik vositalari ustidan nazorat qilish davlat komissiyasi vakolatlari belgilandi
11:50 / 09.10.2024
Toshkentda giyohvandlik vositalarini yashirish yo‘li bilan tarqatish holatlari fosh etildi
14:30 / 05.10.2024