Jahon | 07:14 / 05.05.2020
5800
2 daqiqa o‘qiladi

«Ular ko‘proq odam o‘ldirish uchun yaratilgan» – Kanadada ko‘potar qurol olib yurish taqiqlandi

Foto: Shutterstock

Kanadada ko‘potar qurol olib yurish taqiqlandi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Jastin Tryudo maxsus tashkil etilgan matbuot anjumanida e'lon qilgan.

Bosh vazirning fikricha, bunday turdagi qurollar faqat bir maqsadda – ko‘proq va tezroq odam o‘ldirish uchun yaratilgan: «Ohularni ovlash uchun ko‘potar qurol kerak emas. Endi mamlakatda bunday turdagi qurollarni sotish, sotib olish, tashish, olib kirish va foydalanish taqiqlanadi. Bunday qurolga ega bo‘lganlar ikki yil ichida talablarni bajarishi va qonunda belgilangan kompensatsiyani olishi mumkin bo‘ladi», degan Tryudo.

Kanada hukumati joriy etgan cheklovga 1,5 ming turdagi ko‘potar qurol kiritilgan. Keyinchalik cheklovlar keskinlashishi mumkin. Hukumat bunday qaror qabul qilishiga 19 apreldagi ommaviy qirg‘in sabab bo‘lgan. O‘sha kuni Kanadaning Yangi Shotlandiya provinsiyasida 51 yoshli erkak ko‘potar avtomat bilan 22 kishini otib tashlagandi.

Guardian`ning yozishicha, Kanada odamlarning qurol olib yurishi bo‘yicha hamon yetakchilar qatorida turadi. Kanadada har 100 kishiga 34,7 tadan qurol to‘g‘ri keladi. Bu borada yetakchi bo‘lgan AQShda esa har 100 kishiga o‘rtacha 120 tadan qurol to‘g‘ri keladi.

Ўткир Жалолхонов
Tayyorlagan Ўткир Жалолхонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid