Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ismatulla Ergashev va Roland Kobia Afg‘onistondagi hozirgi vaziyatni muhokama qildi
Afg‘oniston muammosini tinch yo‘l bilan hal qilish muhimligini inobatga olgan holda, mintaqa mamlakatlarining ushbu yo‘nalishdagi sa'y-harakatlarini jipslashtirish zarurligi ta'kidlandi.
2020 yil 4 may kuni O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev va Yevropa ittifoqining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Roland Kobia o‘rtasida telefon orqali suhbat bo‘lib o‘tdi.
TIV xabariga ko‘ra, muloqot chog‘ida Afg‘onistondagi hozirgi vaziyat, xalqaro hamjamiyatning afg‘onlararo tinchlik muzokaralarini tezroq boshlashga qaratilgan sa'y-harakatlari, shuningdek, koronavirus pandemiyasining tarqalishiga qarshi kurashishda yordam berish yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Afg‘oniston muammosini tinch yo‘l bilan hal qilish muhimligini inobatga olgan holda, mintaqa mamlakatlarining ushbu yo‘nalishdagi sa'y-harakatlarini jipslashtirish zarurligi ta'kidlandi.
Mavzuga oid
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
17:37 / 09.06.2026