Ayni damda eng xijolatlisi — özimiz qolib, qöşni Qozoğistonda ham odamlarning uyini suv bosib turibdi. Sirdaryoda xavfli hududlardan 90 mingga yaqin kişi evakuatsiya qilingan bölsa, Qozoğistonda 31 mingdan ziyod aholi öz turar joyini tark etişga majbur böldi. Albatta, hali özimizda hamma ham yordam ololmas, ammo Qozoğistonga yetkazilgan ninadek zarar uçun ham tovon puli tölab berilsa kerak.

Dastlab suv ombori töğoni devori buzilişiga kuçli şamol va kuçli yomğir sabab bölgani aytildi. Özbekistonda har yili bahor faslida jaladan söng u yoki bu qişloqlarda, hatto şaharlarda suv toşqinlari yuzaga kelişi kuzatiladi. Köpçilik bu safargi hodisaga ham boşida ana şunday ahamiyat bilan qaragani rost. Lekin köp ötmay oqibat nihoyatda ayançli ekani ma'lum böla boşladi: suv toşqiniga aslida turmagan şamol va yoğmagan yomğir mutlaqo aloqador emasligi ham, 4 kişi halok bölib, 1 kişi bedarak yöqolgani ham, soğ uyning özi qolmagani ham…

Foto: Prezident matbuot xizmati

Suv ombori qurilişi

«Sardoba» suv ombori Janubiy Mirzaçöl kanalining markaziy tarmoği oqib ötgan hududda barpo etilgan, quriliş işlari 2009 yilda boşlanib, 2017 yilda yakunlangan.

Uni qurişdan maqsad Sirdaryo va Jizzax viloyatlari ekin dalalarini suğoradigan suv bilan ta'minlaş, keyinçalik bu yerda mini-GES ham barpo etiş bölgan (Taqdirning öyinini qarangki, suv omborida mini-GES uçun tamal toşi qöyilgani haqidagi xabarlardan 10 kun ötmasdan uşbu texnogen falokat yuz berdi).

Suv siğimi qariyb 922 mln metr kub bölgan «Sardoba» suv ombori qurilişi «Özbekiston temir yöllari» AJ qoşidagi «Öztemiryölqurilişmontaj» korxonasi boşçiligida olib borilgani ma'lum qilinmoqda.

Suv sathi balandligi 28,8 metr bölgan va 404 million AQŞ dollari evaziga barpo etilgan suv ombor endi qança zarar keltirgani ma'lum emas.

Yuzasi 67,4 km² bölgan suv omboridan oqib çiqqan suv qariyb uç barobar kattaroq yuza - 175,29 km² joyda toşqin hosil qilib turibdi.

Foto: t.me/makarenko_channel