​«Qamçiq» dovonida yuk poyezdi bilan yuz bergan hodisaga, oradan qariyb 2 yil ötib, rasman izoh berildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

2017 yil yanvarning 24-kuni «Qamçiq» dovoni orqali ötuvçi Pop-Angren temir yöl qatnovining vaqtinça bekor qilingani haqida xabar berilgandi. Ammo mutasaddilar qatnovning bekor qilinganiga nima sabab bölgani haqida asosli ma'lumot berişmagan. Bundan taşqari, tegişli taşkilotlar dovonda qandaydir noxuş voqea yuz bergani haqidagi miş-mişlarni rad etişgandi.

Arxiv surat

 Favqulodda vaziyatlar vazirligi  «Qamçiq» maxsus-qutqaruv boşqarmasi boşliği Hasan Bobonov uşbu masala yuzasida rasmiy izoh berib, unga köçki sabab bölgani haqida gapirdi.

«Bu - tabiat hodisasi. Albatta, hodisalarning oldini olib, talofatlarsiz ötkazişimiz kerak. Bunga tayyor bölişimiz kerak», - deya ta'kidlaydi u. 

Arxiv surat

Şunday qilib, yuk poyezdi bilan yuz bergan holatda yer köçkisi bölgani rasman oşkor etildi. Bu paytgaça Kun.uz poyezd vagonlarining ağdarilib ketişiga qöşni hududda yuz bergan zilzila oqibatida kelib çiqqan köçki sabab bölgani haqida xabar tarqatgandi.

Arxiv surat

Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakiliga köra, hodisadan söng, noxuş hodisalarni bartaraf etiş böyiça bajarilgan işlarning birinçi bosqiçida «Qamçiq» dovonining poyezd yöliga yaqin 44ta hududida muhandislik inşooti qurilgan. 

«Ikkinçi bosqiçda esa 28ta qurildi, jami 72ta inşoot paydo böldi. Yölovçi va yuk poyezdining xavfsiz harakatini ta'minlaş böyiça işlar yana davom etmoqda», - deydi Hasan Bobonov.