Bugun, 5 may kuni ötkazilgan videoselektorda prezident Şavkat Mirziyoyev Buxoro va Sirdaryo voqealari korrupsiya, mas'uliyatsizlik va «ura-ura»çilik oqibatida yuzaga kelgani haqida gapirdi.
«Yil oğir keldi. Koronavirus hammamizni qanday yaşaşga örgatdi. Sönggi haftalarda Buxoro va Sirdaryodagi sinovli voqealar esa bizga bitta narsani örgatişi kerak: har bir qiladigan işimizda ogoh bölib, berilgan topşiriqlarni yetti marta ölçab, bir marta kesişimiz lozim. Hamma yerda sifat, sifat va yana bir marta sifat bölsin!
Buxoroning Qoraköl tumanida 2020 yilda qurib bitkazilgan boğçalarning yarmi qolgan. Bu nima degan gap?! Mana, bizning quriliş sohasidagi sifatimiz.
Özim bir emas, bir neça marta yuqoridan kördim. Qayerda sifat bölgan bölsa, natijasi körinib turibdi. Qayerda sifat bölmagan bölsa, korrupsiya, öğrilik, tenderlarni «ura-ura» qilgan taşkilotlar... boş vazir örinbosarlari, «bajaramiz», «yest» qilamiz, degan odamlar endi işlolmaydi. Bu işning yakuni boşqaça böladi. Juda katta tahlil qilaman, majburman tahlil qilişga. Köp odamlar bilan xayrlaşişga majbur bölaman...
Endi bunday işlaş bölmaydi. Alloh taolo bu safar ham aytyapti: «Ey, bandam, közingni oç! Xalqqa halol mehnat qiliş kerak, deyapti. Halol!», deya prezident sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

















