Jahon | 00:15 / 10.05.2020
13714
2 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada favqulodda sanitariya holati 10 iyulgacha uzaytirildi

Fransiya OAVning xabar qilishicha, mamlakat epidemiologik xaritasida xavfsiz, “yashil hudud”ga kiritilgan Dordon departamentida koronavirusning yangi o‘chog‘i topilgan.

Foto: REUTERS / Christian Hartmann

Fransiya parlamenti koronavirus sababli joriy etilgan favqulodda sanitariya holatini 10 iyulgacha uzaytirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qildi.

Avvalroq qonun loyihasi Fransiya senati tomonidan ma'qullangandi.

Ilgari qabul qilingan favqulodda sanitariya holati to‘g‘risidagi qonun 24 martdan kuchga kirgan va rejim 24 maygacha joriy etilgandi.

Fransiya OAVning xabar qilishicha, mamlakat epidemiologik xaritasida xavfsiz, “yashil hudud”ga kiritilgan Dordon departamentida koronavirusning yangi o‘chog‘i topilgan.

Yangi Akvitaniya regioni sog‘liqni saqlash agentligining ma'lum qilishicha, Egliz-Nev-de-Ver qishlog‘idagi motam marosimidan so‘ng bir necha o‘n kishi marhumni xotirlash uchun to‘plangan. Marhumning oila a'zolaridan biri kasallikni boshqalarga  yuqtirgan.

Tezkorlik bilan ko‘rilgan choralar natijasida bemor bilan bevosita muloqotda bo‘lgan 127 kishi aniqlangan va ularning  o‘nga yaqinida koronavirus tasdiqlangan. Ular bemorning qarindoshlari va hamkasblari bo‘lib, barchasi nazoratga olingan.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Fransiyada koronavirus yuqtirganlar soni 139 mingga yaqinlashgan, 56 mingdan ortiq kishi sog‘aygan, 26,3 ming kishi vafot etgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid