Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmanistonda ilk bor G‘alaba kuniga bag‘ishlangan harbiy parad bo‘lib o‘tdi
9 may kuni Turkmanistonda Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan ilk bor harbiy parad bo‘lib o‘tdi.
Shu kuni ertalabdan prezident Gurbanguli Berdimuhamedov, hukumat a'zolari, urush faxriylari va diplomatlar Mangu olov yoniga gulchambarlar qo‘yishgan.
Shundan keyin Berdimuhamedov Ashxobodga tashrif bilan kelgan Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari, general-polkovnik Aleksandr Fomin bilan uchrashgan. Fomin Turkmaniston rahbariga uning bobosi Berdimuhammad Annayev urush vaqtida jang qilgan o‘qchi polk bayrog‘ini topshirgan.


Kechki payt “Xalq xotirasi” deb nomlangan yodgorlik majmuasida Ikkinchi jahon urushi davri harbiy texnikasi namoyishi bilan harbiy parad bo‘lib o‘tgan.
Ta'kidlash joiz, bu mustaqil Turkmaniston tarixida G‘alaba kuni sharafiga o‘tkazilgan ilk parad bo‘ldi. Avval respublikada paradlar faqat Mustaqillik kuni munosabati bilan o‘tkazib kelingan.
Shu bilan birga, 2018 yildan beri Turkmanistonda 9 may dam olish kuni hisoblanmaydi.




Mavzuga oid
21:45 / 30.05.2026
Turkmanistonda may oyi uchun eng issiq rekord harorat yangilandi
11:33 / 10.05.2026
Zelenskiyning «ruxsati» va KXDR harbiylari. Moskvadagi harbiy parad qanday o‘tdi?
08:53 / 23.03.2026
Toshkent va Ashxobod o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik kuchaytiriladi
16:34 / 20.03.2026