Jahon | 08:19 / 12.05.2020
5042
1 daqiqa o‘qiladi

11 millionlik Uhanda barcha aholi koronavirusga tekshiriladi

Xitoyning Uhan shahriga koronavirus qaytgandan keyin 11 mlnlik aholini koronavirusga testdan o‘tkazishga qaror qilindi.

Foto: AFP/JOHANNES EISELE

Bu haqda Reuters axborot agentligi o‘z manbalariga tayanib xabar berdi. 

So‘nggi ikki kun ichida koronavirusning butun dunyoga tarqalishi o‘chog‘i bo‘lgan Uhanda 6 nafar yangi bemor aniqlandi. 

Shundan keyin mahalliy hokimiyat shaharda koronavirus tarqalishining ikkinchi to‘lqiniga yo‘l qo‘ymaslikka va'da berdi. Testlashni polimeraza zanjir reaksiyasi yordamida o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Bu jarayon 10 kun vaqt oladi va koronavirus tashuvchilarini aniqlashga imkon beradi. Shahar ma'muriyati shu yo‘l bilan kasallanishning ikkinchi to‘lqini oldini olmoqchi.

Shaharda epidemiya avj olgan vaqtda ham butun aholi koronavirusga tekshirilgan edi.

Uhanning barcha tumanlari ma'muriyatlari 12 may kuni testlashning batafsil rejasini taqdim qilishlari lozimligi belgilab qo‘yilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid