«O‘zbekinvest» NEXIA 3 avtomobilini «O‘zbekinvestdan cuyunchi» aksiyasi g‘olibiga taqdim etdi
22 mart kuni «Yoshlar» telekanalida «O‘zbekinvestdan cuyunchi» keng qamrovli aksiyasining g‘oliblari aniqlanib, jonli efirda Nexia 3 avtomobili hamda televizor, konditsioner va muzlatgich kabi jami 24 ta qimmatbaho yutuqlar g‘oliblari aniqlandi.
Yutuqli aksiya yakuniga ko‘ra Andijon viloyati, Izboskan tumanidan Kanalov Muhammad Faxriddinovich asosiy yutuq g‘olibi bo‘ldi. Cheklangan karantin rejimi munosabati bilan aksiyaning asosiy yutug‘i hisoblangan Nexia 3 avtomobili «O‘zbekinvest» kompaniyasi tomonidan joriy yilning 7 may kuni taqdim etildi.
«O‘g‘lim «O‘zbekinvestdan suyunchi» aksiyasining g‘olibi bo‘lgandi. Bugun men anchadan beri kutilayotgan ushbu sovg‘ani olishga keldim. Hammamizga ma'lumki, mamlakatimizda karantin rejimi amal qilyapti va hozir biz uchun umrbod yodda qoladigan ijobiy hissiyotlarga ega bo‘lish muhim. Men shu quvonchim va hissiyotlarimni barchangizga ulashmoqchiman! Sizning rahbariyatingizga va butun kompaniyaningizga shunday oson bo‘lmagan paytda tashkil etilgan bu bayram uchun rahmat. Omad hammaga, har doim va har joyda hamroh bo‘lsin!»
«O‘zbekinvest» kompaniyasi mijozlari nafaqat o‘z mulklarining ishonchli himoyasiga, balki qimmatbaho sovg‘alar yutish imkoniyatiga ham ega bo‘ladilar.
«Yoshlar» telekanali orqali jonli efirda namoyish etilgan yutuqli aksiyani quyida tomosha qilish mumkin.
«O‘zbekinvest» EIMSK axborot xizmati
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
10:04 / 04.11.2024
“O‘zbekinvest” kompaniyasi Lloyd’s of London bosh qarorgohida O‘zbekiston sug‘urta bozori taqdimotini o‘tkazdi
10:00 / 18.10.2024
“O‘zbekinvest” kompaniyasida “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilinganining 35 yilligi va “O‘zbek tili bayrami kuni”ga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi
09:00 / 03.10.2024
Londondagi Chartered Insurance Institute “O‘zbekinvest” kompaniyasiga Xalqaro professional hamkor tashkilot maqomini berdi
10:00 / 30.08.2024