O‘zbekistonda shaxsni tasdiqlashning qo‘shimcha shakllari tatbiq etiladi, «Mobil identifikatsiya» tizimi yaratiladi
Elektron hukumatni rivojlantirish doirasida shaxsni tasdiqlashning qo‘shimcha shakllari tatbiq etiladi.
Vazirlar Mahkamasining “Elektron hukumatni rivojlantirish doirasida shaxsni tasdiqlashning qo‘shimcha shakllarini tatbiq etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining elektron hukumat doirasida taqdim etilayotgan xizmatlarga shaxsni tasdiqlashning qo‘shimcha shakl va usullarini yaratish imkonini joriy etish maqsadida “Elektron hukumat foydalanuvchilarini mobil telefon raqami bo‘yicha identifikatsiya qilish” idoralararo axborot tizimini yaratish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik beriladi.
Belgilanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Mobil identifikatsiya” axborot tizimining shakllantirish va rivojlantirishga mas'ul organ hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
2020 yil 1 iyunga qadar “Mobil identifikatsiya” axborot tizimini yaratish bo‘yicha texnik hujjatlarni tasdiqlaydi;
2020 yil 1 iyulga qadar “Mobil identifikatsiya” axborot tizimini texnik ishlashi va rivojlanishiga mas'ul bo‘lgan operatorni belgilash bo‘yicha idoraviy qarorni qabul qiladi;
2020 yil 1 sentyabrga qadar “Mobil identifikatsiya” axborot tizimini ishlab chiqilishini hamda elektron hukumat hamda mobil aloqa operatorlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini ta'minlaydi.
Belgilanishicha:
“Mobil identifikatsiya” axborot tizimini yaratish va keyinchalik texnik qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq xarajatlar elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga ajratiladigan mablag‘lar doirasida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni rivojlantirish Jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladi;
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “Mobil identifikatsiya” axborot tizimi orqali shaxsni identifikatsiya qilish xizmatlarini taqdim etish bo‘yicha vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan o‘rtasidagi munosabati o‘rnatilgan tartibda shartnoma asosida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mobil aloqa operatorlari bilan birgalikda:
a) 2020 yil 1 iyuldan o‘zlarining axborot tizimlarida majburiy tartibda yangi va amaldagi jismoniy shaxslar – abonentlar uchun jismoniy shaxslarning shaxsiy identifikatsiya raqamini (JShShIR) joriy etilishi va yuritilishini ta'minlaydilar;
b) 2020 yil 1 sentyabrdan:
mobil aloqa operatorlarining axborot tizimlari va “Mobil identifikatsiya” axborot tizimi o‘rtasida real vaqt rejimida jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi quyidagi ma'lumotlarni taqdim etish bo‘yicha elektron hamkorlikni yo‘lga qo‘yadilar:
abonentning JShShIR bo‘yicha – abonentning telefon raqami;
abonentning telefon raqami bo‘yicha – abonentning JShShIR.
Mobil telefon raqamlari identifikatsiyadan o‘tgan jismoniy shaxslar-abonentlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni “Mobil identifikatsiya” axborot tizimiga real vaqt rejimda taqdim etib borilishini ta'minlaydilar.
Shunday tartib belgilanadiki, unga muvofiq 2021 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarini berishda, jismoniy shaxslarga elektron hukumat tizimlari va elektron davlat xizmatlaridan foydalanishlari uchun ularning shaxslarini elektron tasdiqlash imkoniyatini beruvchi elektron raqamli imzo kalitlari hamda sertifikatlari avtomatik ravishda shakllantiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda:
a) 2020 yil 1 iyundan boshlab O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma'lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq mobil aloqa operatorlariga real vaqt rejimida jismoniy shaxslarning abonentlarning pasport ma'lumotlari asosida JShShIR taqdim etish bo‘yicha elektron servisni ishga tushiradi hamda uzluksiz ishlashi ta'minlaydi;
b) 2020 yil 1 iyulga qadar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda shaxslarga elektron hukumat tizimlari va elektron davlat xizmatlaridan foydalanishlari uchun ularning shaxslarini tasdiqlash imkoniyatini beruvchi elektron raqamli imzo kalitlari hamda sertifikatlari avtomatik ravishda shakllantirishga qaratilgan zarur tashkiliy-texnik choralar amalga oshirilishi nazarda tutgan “Yo‘l xaritasi” tasdiqlanishini ta'minlaydilar.
Tavsiya etamiz
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
AESda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining narxi qancha bo‘ladi?
O‘zbekiston | 18:04 / 25.03.2025
JCh-2026 saralashi: Eronga qarshi o‘yin oldidan
Sport | 15:16 / 25.03.2025
O‘sishdan to‘xtashi mumkin - mutaxassis bolalarda uyqu yetishmasligi oqibatlaridan ogohlantirdi
Jahon | 13:12 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«PSJ» egalari yana bir klubni sotib olmoqchi
Sport | 01:40
-
The Atlantic Tramp jamoasining Yamanga hujumni muhokama qilgan chatiga oid yangi skrinshotlarni e’lon qildi
Jahon | 00:46
-
Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas O‘zbekistonga keladi
Jahon | 23:50 / 26.03.2025
-
Alyaskada samolyot muzlagan ko‘l ustiga quladi. Uning ichida bo‘lgan oila 12 soatdan keyin qutqarildi
Jahon | 23:36 / 26.03.2025
Mavzuga oid

20:30 / 18.09.2024
O‘zbekiston elektron hukumat reytingida 6 pog‘ona yuqoriladi

11:08 / 09.09.2022
Qanday holatda shaxsni Mobil-ID’da identifikatsiyadan o‘tkazish rad qilinishi aytildi

21:57 / 20.04.2022
Davlat xizmatlaridan foydalanishda telefon raqami orqali shaxsni tasdiqlash mumkin bo‘ladi

08:35 / 16.04.2022