Oliy Majlis Senatining yettinçi yalpi majlisi öz işini boşladi. Senatorlar tomonidan “Hayvonlarni identifikatsiya qiliş, röyxatga oliş va kuzatiş töğrisida”gi qonun körib çiqildi.

Ma’lumotlarga köra, hozirda mamlakatda yirik şoxli mollar 14 mln, mayda şoxli mollar 24 mln boşni taşkil etadi. Ularning qariyb 90 foizi aholi qaramoğida parvarişlanadi. Bugungi kunda hayvonlarni identifikatsiya qiliş işlari tölaqonli amalga oşirilmayotgani ularda xavfli yuqumli kasalliklarga qarşi profilaktik emlaş tadbirlarini ötkaziş va epizootik barqarorlikni kafolatli saqlaş imkoniyatini çeklayapti.

Şuningdek, identifikatsiya jarayonlari raqamlaştirilmagani, ma’lumotlar bazasi markazlaştirilmagani natijasida hayvonlarning aniq hisobini yuritişdagi muammolar ham saqlanib qolmoqda.

Qonunda Qişloq xöjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş qömitasi hayvonlarni identifikatsiya qiliş, röyxatga oliş va kuzatiş sohasidagi vakolatli organ etib belgilanmoqda. Bundan taşqari, hujjatda vakolatli davlat organi vakilining hamda hayvon egasining huquq va majburiyatlari, hayvonlarni identifikatsiya qiliş, röyxatga oliş va kuzatişga doir umumiy talablar, muddatlar aniq körsatib ötilyapti.

Qayd etilişiça, qoramol, qöylar, eçkilar va tuyalar tuğilganidan ön tört kundan keyin, otlar tuğilganidan tört oydan keyin, itlar va muşuklar esa tuğilganidan uç oydan keyin, saqlaş va (yoki) köpaytiriş maqsadida Özbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan hayvonlar olib kirilgan sanadan e’tiboran 21 kundan keçiktirmay identifikatsiya qilinişi hamda röyxatga olinişi kerak. Hayvonlar söyilgan (nobud bölgan, ölgan, yöq qilingan) yoki Özbekiston Respublikasi hududidan taşqariga olib çiqilgan taqdirda esa 7 kunlik muddatda hisobdan çiqarilişi lozim böladi.

Hayvonlarni identifikatsiya qiliş, röyxatga oliş, kuzatiş va hisobdan çiqariş böyiça tadbirlarni taşkil etiş, elektron axborot tizimini muvofiqlaştiriş va real vaqt rejimida elektron axborot almaşinuvini ta’minlaş Hayvonlarni identifikatsiya qiliş, röyxatga oliş va kuzatiş markazining vakolati etib belgilanmoqda.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.