Sport | 15:46 / 28.04.2021
15121
1 daqiqa o‘qiladi

APLda ilk marta futbolchilar iftorlik qilib olishi uchun o‘yin to‘xtatib turildi

Bahs birinchi taymning 30-daqiqasida “Lester” a'zosi Uesli Fofana va “Kristal Pelas” a'zosi Sheyku Kuyate og‘izlarini ochib, biroz tamaddi qilib olishlari uchun to‘xtatildi.

Foto: Sky Spors

Angliya premer-ligasining 33-turida “Lester” va “Kristal Pelas” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bir oz vaqtga to‘xtatib turildi.

Bahs birinchi taymning 30-daqiqasida, iftorlik vaqti bo‘lgani sababli “Lester” a'zosi Uesli Fofana va “Kristal Pelas” a'zosi Sheyku Kuyate og‘izlarini ochib, biroz tamaddi qilib olishlari uchun to‘xtatildi.

“Premer-liga, “Kristal Pelas”, Visente Guayta va boshqalarga o‘yin o‘rtasida og‘iz ochishimga imkoniyat bergani uchun minnatdorlik bildiraman”, deb yozdi o‘yindan so‘ng Fofana o‘z Twitter sahifasida.

Mazkur bahsda “Lester” jamoasi 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, ochkolari sonini 62taga yetkazib oldi va turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Mavzuga oid