Rossiya prezidenti Doğiston rahbariyati va jamoat vakillari bilan ötkazilgan yiğilişda koronavirus tarqalişi sababli musulmonlardan Ramazon hayitini uyda nişonlaşni söradi.

Uning qayd etişiça, Doğistonda bu bayramga çin dildan yondaşişlarini va urf-odatlarni e'zozlaşlarini qayd etdi.

«Ruhoniylar islomga e'tiqod qiluvçilarni hozirgi davrda bu bayramni uyda nişonlaş, jamoaviy namozlar va döstlar davrasida nişonlaş an'anasidan voz keçişga çaqirayotganlarini bilaman», — dedi Putin. 

U «ularning bu çaqiriğiga albatta quloq solinişi»ga umid bildirdi.

Putin musulmonlar uçun muqaddas Ramazon oyi 23 mayda nihoyasiga yetişini eslatib ötdi.

Hozirda Rossiya koronavirusga çalinganlar soni böyiça dunyoda ikkinçi örinda turibdi. Mamlakatda bu kasallikni yuqtirganlar 290 mingdan oşgan, 2,7 ming kişi vafot etgan.