Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xarajatlar daromaddan ko‘payib ketgan. Saudiyada QQS uch baravar oshirildi
Saudiya Arabistoni hukumati koronavirus pandemiyasidan jiddiy zarar ko‘rgan iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash uchun ko‘rilayotgan qat'iy choralar doirasida qo‘shilgan qiymat solig‘ini (QQS) 3 marta oshirishga va aholiga beriladigan yordam pullarini bekor qilishga qaror qildi.
Saudiya Arabistoni hukumati qo‘shimcha qiymat solig‘ini uch baravar oshirishga qaror qildi. Bu haqda mamlakat moliya vaziri Muhammad al Jadaan ma'lum qilgan. Koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqiroz oqibatlarini yumshatish maqsadida shunday qaror qabul qilingan.
Shuningdek, yashash uchun yetarli bo‘lgan minimum miqdori oshgani sabab budjetdan maosh oladiganlarga to‘lab borilayotgan ustama berish ham vaqtincha to‘xtatiladi. Pandemiya sabab Saudiya g‘aznasiga tushum keskin kamaygan. Chunki dunyo bozorida energiyaga bo‘lgan talab tushib ketgan, parvozlar to‘xtatilgan.
Saudiyada QQS ikki yil avval mamlakat iqtisodiyotining neft narxiga bog‘liqligini kamaytirish dasturi doirasida joriy etilgandi. Qabul qilingan qarorga ko‘ra, 1 iyuldan QQS 5 foizdan 15 foizga oshiriladi. Budjetdan maosh oladiganlarga ustama to‘lash ham shu kundan boshlab to‘xtatiladi. «Bu qarorni qabul qilish og‘ir, ammo koronavirus keltirib chiqargan inqirozni yengish va iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash uchun juda zarur», degan Muhammad al Jadaan.
Birinchi chorak yakuniga ko‘ra, Saudiyada budjet xarajatlari daromaddan ko‘proq bo‘lgan va budjet defitsiti 9 milliard dollarni tashkil etgan. Mamlakatning neftdan ko‘radigan daromadi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 25 foizga kamaygan. Bu esa 34 milliard dollar degani. Mamlakatning umumiy daromadi esa 22 foizga kamaygan.
Saudiya markaziy banki mart oyidayoq mamlakatning oltin valuta zaxirasi 2011 yildan buyon rekord miqdorda kamayib ketgani haqida xabar qilgandi. Saudiya valiahd shahzodasi Muhammad ibn Salmon mamlakatni neftga qaramlikdan qutqarish bo‘yicha 2030 yilgacha bo‘lgan reja ishlab chiqqan. Ma'lum bo‘lishicha, yuqoridagi choralar bu islohotlarning amalga oshish tempini pasaytiradi.
Islohotlarni amalga oshirish maqsadida o‘tgan yil Saudiya eng yirik milliy neft kompaniyasi Saudi Aramco’ning aksiyalarini sotuvga chiqargan va bundan 25,6 milliard dollar foyda ko‘rgandi. Bu valiahd shahzodaning «mamlakatni neftga qaramlikdan qutqarish» bo‘yicha dastlabki yirik qadami bo‘lgani aytiladi.
Mavzuga oid
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026
Jahon boylik xaritasi o‘zgarmoqda: yangi liderlar paydo bo‘lmoqda
08:52 / 27.05.2026
Saudiyadagi 1 kilometrlik osmono‘par binoda Xitoy texnologiyalari qo‘llanadi
08:43 / 23.05.2026